RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA DAVLAT FUNKSIYALARINI MODERNIZATSIYA QILISH: ADLIYA ORGANLARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISHNING HUQUQIY VA AMALIY JIHATLARI

Authors
  • Shoyimqulov Oybek

    Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

    Author

Abstract

 Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida davlat funksiyalarining rivojlanish tendensiyalari hamda davlat boshqaruvi tizimida adliya organlari va uning tarkibiy tuzilmalarida joriy qilingan raqamlashtirilgan texnologiyalarning ish jarayonini soddalashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlat funksiyalarining raqamlashtirilishi boshqaruv jarayonlarining yanada qulay hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlarning ixchamlashtirilganligi amaliy ko‘rib chiqiladi. Mazkur maqola davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini raqamlashtirish orqali davlat boshqaruv funksiyalarini modernizatsiyalashtirish, davlat xizmatlari sifatini oshirish va huquqni qo‘llash amaliyotida shaffoflik va hamda samaradorlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan. Davlat boshqaruvida funksiyalarni zamonaviy talablar asosida raqamlashtirish bevosita davlat xizmatlarining samaradorligini va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, davlat organlarida korrupsion holatlarning oldini oladi, ortiqcha vaqt sarfini kamaytiradi, shuningdek, byurokratik rasmiyatchiliklar, qog‘ozbozliklarning oldini oladi. Ushbu maqolada adliya organlari tizimida joriy etilgan raqamli texnologiyalar, shuningdek, mamlakatimizda keng qo‘llanilayotgan boshqa turdagi huquqiy chatbotlarning qanchalik darajada zamon talablariga mosligi o‘rganiladi hamda ilg‘or xorij tajribasi(Gretsiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlandiya) bilan taqqoslagan holda tahlil qilinadi.

Downloads
Download data is not yet available.
References

1.Umarova M.Z. “Elektron hukumat va interaktiv davlat xizmatlarini tashkil etish va ularni rivojlantirish” ilmiy maqola// “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | 3-son.126-127-b.

2.“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi // 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son. https://lex.uz/docs/-5030957

3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan 2020-yil 24-yanvardagi Murojaatnomasidan. https://president.uz/oz/lists/view/3315

4.Sag‘dullayev U.A. “Xorijiy mamlakatlarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning ilg‘or tajribalari” // “Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya. -B.113.

5.Gafurova E.N. “Yurist axborotnomasi”. 5-son, 7-jild, 2025-yil // “Adliya organlari va muassasalari faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”-B.16. https://www.uzmarkaz.uz/uploads/2025/11/yurist-5-son.pdf .

6.Abdugaffarov J. “Issues of improving the system of providing legal and other services in the justice system”.// Tashkent, June 2025. International scientific and practical conference. Volume 2 | Issue 6. https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/113289

7.“Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi //09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son. https://lex.uz/uz/docs/-4820060#-4820433

8.Yoqubjonov M.O. “Adliya – 2030”. O‘quv-uslubiy qo‘llanma.

– T.: “Dimal” nashriyoti, 2025-y. -B.11-12.

Cover Image
Downloads
Published
2026-05-05
Section
Articles