IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA SHO‘RLANIB BORAYOTGAN SUG‘ORILADIGAN MAYDONLARNI MONITORING QILISHDA GIS TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
- Authors
-
-
Jumayev Z.Z, Ishchanov J.K
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Iqlim o‘zgarishi sharoitida sug‘oriladigan hududlarda hamda sho‘rlanishga moyil hudud sho‘rlanish jarayonining kuchayishi qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirishga jiddiy tahdid solmoqda. Ushbu jarayonni samarali monitoring qilish va uning fazoviy dinamikasini aniqlash zamonaviy geoinformatsion texnologiyalarni qo‘llashni talab etadi. Mazkur maqolaning maqsadi GIS texnologiyalari yordamida o‘simliklarning yashillik darajasiga asoslanib ekinlar hosildorligini va suv iste‘molini kuzatish, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish holatini monitoring qilish hamda tarixiy davrlar bo‘yicha sho‘rlanish kartalarini shakllantirish imkoniyatlarini tahlil qilishdan iborat.
GIS texnologiyalari fazoviy ma‘lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish orqali ekinlarning vegetatsion holati va tuproq sho‘rlanishining hududiy dinamikasini aniqlashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, vegetatsion indekslar va masofadan zondlash ma‘lumotlari asosida ekinlarning holatini baholash imkoniyati yaratiladi. Tadqiqot natijalari GIS texnologiyalarining sug‘oriladigan yer resurslarini monitoring qilish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va sho‘rlanish jarayonlarini fazoviy tahlil qilishda yuqori amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
- Downloads
-
Download data is not yet available.
- References
-
1.O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. Toshkent, 1998.
2.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni (666-I-son). 1998.
3.O‘zbekiston Respublikasining “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-903-son). 2024-yil 2-fevral.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori (97-son). 2024-yil 20-fevral.
5.Tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (2521-son). 2013.
6.FAO. Global Soil Salinity Map and Database. Rome: Food and Agriculture Organization, 2025.
7.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining Sho‘rlangan yerlar bo‘yicha Global simpoziumdagi nutqi. 2021-yil 20-oktabr.
8.Wu W. et al. Mapping soil salinity changes using remote sensing in Central Iraq. // Remote Sensing of Environment. 2024.
9.Cai S. et al. Remote Sensing Monitoring of Changes in Soil Salinity: A Case Study in Inner Mongolia, China. // Sensors. 2013.
10.Allbed A., Kumar L. Soil salinity mapping and monitoring in arid and semi-arid regions using remote sensing technology: a review. // Advances in Remote Sensing. 2013. Vol. 2. P. 373–385.
11.Shahabi M. et al. A longitudinal analysis of soil salinity changes using remotely sensed imageries. // Scientific Reports. 2024. Vol. 14.
12.Uteuliyev N.U., Burxanov Sh.A., Qutlimuratov Yu.Q. Sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishi sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini joylashtirishning ekologik-iqtisodiy modelini tadqiq qilish. // Raqamli texnologiyalarning nazariy va amaliy masalalari xalqaro jurnali. 2024. 7(2). B. 34–39.
13.Akbar T.A. et al. Soil salinity mapping using remote sensing and GIS. // Canadian Geomatics. 2021.
14.Huete A.R. A soil-adjusted vegetation index (SAVI). // Remote Sensing of Environment. 1988. Vol. 25(3). P. 295–309.
15.Aldakheel Y.Y. Assessing NDVI spatial pattern as related to irrigation and soil salinity management in Al-Hassa Oasis, Saudi Arabia. // Journal of Indian Society of Remote Sensing. 2011. Vol. 39(2). P. 171–180.
- Downloads
- Published
- 2026-05-06
- Section
- Articles