TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISHDA ROBOTOTEXNIKA TIZIMLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Authors
  • Suyunov Laziz Kuldashevich

    Qarshi davlat texnika universiteti

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur maqolada texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda robototexnika tizimlarining samaradorligini oshirishning zamonaviy usullari tahlil qilingan. Sanoat korxonalarida robototexnika vositalaridan foydalanish ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini barqaror ta'minlash, energiya va resurslardan oqilona foydalanish hamda inson omili ta'sirini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi yoritilgan. Shuningdek, robototexnika tizimlarini dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar (PLC), sensorlar, SCADA tizimlari va sun'iy intellekt texnologiyalari bilan integratsiyalash orqali boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, zamonaviy robototexnika yechimlarini texnologik jarayonlarga joriy etish ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, uskunalarning ishonchliligini ta'minlash, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish hamda korxonalarning raqobatbardoshligini yuksaltirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.

Downloads
Download data is not yet available.
References

1.Buranov X., Isroilov Sh. Robototexnikaga kirish. O'quv-uslubiy majmua. – Samarqand, 2021.

2.Muhitdinov B. Mexatronika va robototexnika. Darslik. – Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, 2021.

3.Alimov N.B., Yusupov B.B., Abdiyev R.E. Elektrotexnika va robototexnikaning elektron elementlari. – Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, 2022.

4.Maksudov R., Otajonov S., Shuxratov Sh., Rahmonqulov M. Mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va robototexnika asoslari. O'quv qo'llanma. – Toshkent: Class nashriyoti, 2020.

5.Nazarov X.N. Robototexnik tizim va komplekslar. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2016.

6.Tayirov H.O'., Pardabayev J.E. Robototexnika asoslari. O'quv qo'llanma. – Urganch: Khwarezm Publication, 2025.

7.Mamatqulov B., Yusupov M. Robototexnika asoslari. – Toshkent: Innovatsiya Ziyo, 2022.

8.Xo'jayev S., Saidov I. Axborot texnologiyalari va robototexnika. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.

Cover Image
Downloads
Published
2026-08-07
Section
Articles