XITOY TILIDAGI ISH YURITISH HUJJATLARIDA FE'L SINONIMLARINING FUNKSIONAL TAHLILI: "执行", "实施" VA "落实" MISOLIDA

Authors
  • Akabirov Matlubxon Isroiljon o’g’li

    Toshkent gumanitar fanlar universiteti

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Ushbu maqola xitoy tilidagi ish yuritish hujjatlarida eng ko'p qo'llaniladigan fe'l sinonimlaridan biri bo'lgan "执行" (zhíxíng), "实施" (shíshī) va "落实" (luòshí) birliklarining leksik-semantik, funksional va pragmatik xususiyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Mazkur fe'llar umumiy ma'noda "amalga oshirish" tushunchasini ifodalasa-da, ularning semantik tarkibi, qo'llanish muhiti, kollokatsion imkoniyatlari va rasmiy hujjatlardagi vazifalari o'zaro farqlanadi. Tadqiqotda CCL, Sinica Corpus va BCC elektron korpuslari materiallari asosida komponent tahlil, kontekstual tahlil va kollokatsion tahlil metodlari qo'llanildi. Tahlillar natijasida "执行" asosan buyruq, qonun va qarorlarning ijro etilishini, "实施" siyosat, dastur va loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishini, "落实" esa belgilangan vazifalarning to'liq bajarilishi va amaliy natijaga erishishni ifodalashi aniqlandi. Shuningdek, mazkur fe'llarning hujjat turlari bo'yicha taqsimlanishi, ularning tipik kollokatsiyalari va o'zbek tiliga tarjima qilishdagi muammolar yoritilgan. Maqola natijalari xitoy tilini o'qitish, rasmiy hujjatlarni tarjima qilish va terminologik lug'atlar tuzishda amaliy ahamiyatga ega.

Downloads
Download data is not yet available.
References

1.1700对近义词语用法对比[M]. 北京: 北京语言大学出版社, 2009.

2.Cruse D.A. Lexical Semantics[M]. Cambridge: Cambridge University Press, 1986.

3.Kilgarriff A., et al. The sketch engine: ten years on // Lexicography. 2014. Vol. 1. No. 1. P. 7–36.

4.Lyons J. Linguistic Semantics: An Introduction[M]. Cambridge: Cambridge University Press, 1995.

5.Mahmudov N. O'zbek tilida so'z ma'nosi va uning semantik tuzilishi // O'zbek tili va adabiyoti. 1983. № 4.

6.N.Mahmudov, D.Lutfullayeva, Y.Odilov, D.Xudoyberganova, M.Yo'ldoshev, Sh.Ko'chimov, D.Andaniyazova, F.Musayeva. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati[M]. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.

7.Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati[M]. Toshkent, 1978.

8.Xodjiyev A. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati[M]. Toshkent, 1974.

9.Yo'ldoshev B. Hozirgi o'zbek adabiy tilida sinonimlarning uslubiy xususiyatlari: Filol. fan. nomz. ... diss. Toshkent, 1992.

10.汉语近义词辨析[M]. 北京: 北京语言大学出版社, 2011.

11.沈家煊. 认知与汉语语法研究[M]. 北京: 商务印书馆, 2006.

12.荀恩东, 饶高琦, 肖晓悦, 臧娇娇. 大数据背景下BCC语料库的研制 // 语料库语言学. 2016. Т. 3. № 1. С. 93–118.

13.赵永明. 《吏文》词汇研究[M]. 北京: 科学出版社, 2017.

14.党政机关公文处理工作条例[S]. 北京: 中共中央办公厅, 国务院办公厅, 2012.

15.陆俭明. 现代汉语语法研究教程[M]. 北京: 北京大学出版社, 2005.

Cover Image
Downloads
Published
2026-08-20
Section
Articles