PAXTADA AZOTLI O‘G‘ITLARDAN SAMARALI FOYDALANISH VA AZOT BALANSINI BOSHQARISH

Authors
  • Qutlimuratov Ilyas Duysenbayevich

    Author

Keywords:
Array
Abstract

 Ushbu maqolada g‘o‘za yetishtirishda azotli o‘g‘itlardan samarali foydalanish, azotning o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishi va tuproqdagi azot balansini boshqarish masalalari tahlil qilingan. Paxtachilikda azot g‘o‘zaning vegetativ va generativ rivojlanishini ta’minlovchi asosiy oziqa elementlaridan biri hisoblanadi. Biroq azotli o‘g‘itlarni me’yoridan ortiq yoki noto‘g‘ri muddatlarda qo‘llash o‘simlikning haddan tashqari vegetativ rivojlanishiga, pishish muddatining cho‘zilishiga, o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligining pasayishiga hamda ekologik muammolarga olib kelishi mumkin. Tadqiqotda tuproqning agrokimyoviy xususiyatlarini hisobga olish, o‘g‘itlarni g‘o‘zaning rivojlanish fazalariga mos ravishda bo‘lib berish, sug‘orish rejimi bilan oziqlantirishni uyg‘unlashtirish va organik manbalardan foydalanish azotdan foydalanish samaradorligini oshiruvchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqilgan.

Downloads
Download data is not yet available.
References

1.Mirzajonov Q.M., Nurmatov Sh., Isayev Sh. Eroziyaga uchragan tuproqlarda azotli o‘g‘itlar samaradorligi. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. – 2011. – №6. – B. 32–33.

2.Yuldashev A.R., Nazarov M., Zokirova S.X. Markaziy Farg‘ona qumliklarida azotli o‘g‘itlar samaradorligini oshirish.

3.Yusupova M.A., Abdullaaxatov A.I. O‘g‘itlarning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri. // Educational Research in Universal Sciences. – 2023.

4.Mirzajonov Q.M. va boshqalar. Dehqonchilikda suv, resurs tejovchi va shamol eroziyasiga qarshi kurash choralari bo‘yicha tavsiyalar. – Toshkent: UzPITI, 2010.

5.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. G‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar. – 2026.

6.G‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tartibi va o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi bo‘yicha tavsiyalar. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi materiallari. – 2026.

7.Tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda mineral, organik o‘g‘itlar hamda siderat ekinlardan foydalanish bo‘yicha ilmiy natijalar. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi materiallari.

8.Ismayilov J., Ibragimov N., Tillabekov B. Sug‘oriladigan och tusli bo‘z va o‘tloqi-allyuvial tuproqlarda almashinuvchi kaliy dinamikasi va paxta hosili. // Agro ilm. – 2026.

Cover Image
Downloads
Published
2026-08-31
Section
Articles