QARSHI VA SHAHRISABZ QOʻRBOSHILARI FAOLIYATI

Authors
  • Raimova Nigora Abdurauf qizi

    Turon universiteti magistranti

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur maqolada XX asrning 20-yillarida Qashqadaryo vohasining Qarshi va Shahrisabz hududlarida faoliyat olib borgan qo‘rboshilar hamda ularning sovet hokimiyatiga qarshi milliy qarshilik harakatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1920-yilda Buxoro amirligining tugatilishi va Qashqadaryo hududida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi natijasida yuzaga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat yoritilgan. Qarshi va Shahrisabz hududlarida shakllangan qurolli qarshilik guruhlarining tashkil topishi, ularning faoliyat yo‘nalishlari, harbiy taktikasi, mahalliy aholi bilan munosabatlari hamda sovet hokimiyatining ushbu harakatni bostirishga qaratilgan choralari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, Berdi Dodho, Xo‘ja Razzoq, Jabborov Avliyoqul, Bahrombek Xo‘jambek kabi qo‘rboshilar faoliyatining mintaqadagi milliy qarshilik harakati tarixidagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Qarshi va Shahrisabz qo‘rboshilari faoliyati Qashqadaryodagi XX asr boshlaridagi murakkab siyosiy jarayonlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lganligini ko‘rsatadi. Maqolada mazkur tarixiy voqealarga sovet davri tarixshunosligidagi biryoqlama yondashuvdan farqli ravishda, tarixiylik, xolislik va qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida baho beriladi.

Downloads
Download data is not yet available.
References

1.Ravshanova G. Qashqadaryoda milliy qarshilik harakati tarixidan (1920–1930 yy.). – Qarshi: Nasaf, 2010.

2.O‘zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: Sharq, 2000.

3.O‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: Sharq, 2000.

4.Jo‘raqulov O. Qashqadaryo mang‘itlari. – Toshkent: Fan, 1993.

5.Tursunov S. Surxondaryo tarixi. – Toshkent: Sharq, 2004.

6.Rajabov Q. Turkiston mintaqasidagi milliy-ozodlik harakati. – Toshkent: Fan, 2000.

7.Rajabov Q. Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002.

8.Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. – Toshkent: Fan, 1991.

9.Hayit B. Turkistonda davlat boshqaruvi va milliy qarshilik harakati. – Istanbul, 1990.

10.O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. “Bosmachilik harakati”, “Buxoro Xalq Sovet Respublikasi”, “Qashqadaryo”, “Shahrisabz” maqolalari. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000–2005.

11.Qashqadaryo viloyati davlat arxivi. Qashqadaryoda 1920–1930-yillarda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga qarshi qurolli harakatga oid hujjatlar.

12.Qashqadaryo vohasida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat (1920–1930-yillar). Tarix fanlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot materiallari. – Qarshi.

13.Каримов Ш., Шамсутдинов Р. Ватан тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997.

14.Шамсутдинов Р. Туркистонда совет ҳокимиятига қарши кураш. – Тошкент: Шарқ, 2000.

Cover Image
Downloads
Published
2026-09-08
Section
Articles