OSTEOARTROZDA YALLIG‘LANISH BILAN BOG‘LIQ PATOGEN OMILLARNING GLIKOLIZ–MITOXONDRIAL METABOLIZM BUZILISHLARI RIVOJLANISHIDAGI ROLI

Authors
  • Rejabboyeva N. L.

    Toshkent Davlat tibbbiyot universiteti, 2-son tibbiy va Biologik kimyo kafedrasi asssitenti Toshkent, O’zbekistan

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Osteoartroz (OA)bugungi kunda bo‘g‘imlarning eng ko‘p uchraydigan surunkali kasalliklaridan biri bo‘lib, uning asosiy belgilariga artikulyar tog‘ayning progressiv zararlanishi, sinovial yallig‘lanish, subxondral suyakning qayta qurilishi va bo‘g‘im funksiyasining pasayishi kiradi. Zamonaviy konsepsiyaga ko‘ra, OAni faqat mexanik eskirish bilan izohlash yetarli emas. Kasallik patogenezida yallig‘lanish, oksidlovchi stress va hujayra metabolizmining buzilishi o‘zaro bog‘langan jarayonlar sifatida qaralmoqda. Xondrositlar artikulyar tog‘ayning asosiy hujayralari bo‘lib, ular kollagen II, proteoglikanlar va boshqa ekstrasellyular matriks komponentlarining sintezini ta’minlaydi. Xondrositlar nisbatan gipoksik muhitda faoliyat yuritgani sababli energiya hosil qilishda glikolizga katta darajada tayanadi. Shu bilan birga, mitoxondriyalar ATP ishlab chiqarish, redoks muvozanat, hujayra signalizatsiyasi va metabolik moslashuvda muhim rol o‘ynaydi. OA sharoitida xondrositlarning metabolik holati sezilarli darajada o‘zgaradi Yallig‘lanish mediatorlari ushbu jarayonning muhim regulyatorlari hisoblanadi. Xususan, IL-1β va TNF-α xondrositlarda katabolik genlarning ekspressiyasini kuchaytirib, ekstrasellyulyar matriks degradatsiyasini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, ushbu mediatorlar glyukoza almashinuvi va mitoxondrial energetikaga ham ta’sir ko‘rsatadi. Mitoxondrial disfunksiya ROS hosil bo‘lishining ortishi, ATP sintezining kamayishi, membrana potensialining buzilishi va xondrositlarning funksional holati yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli glykoliz va mitoxondrial metabolizmni alohida emas, balki o‘zaro bog‘langan metabolik tizim sifatida o‘rganish muhimdir [3,4,7]. Glikoliz va yallig‘lanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hozirgi vaqtda OAning metabolik patogenezini tushuntirishdagi muhim yo‘nalishlardan biridir.

Downloads
Download data is not yet available.
References

1.Zhang Y, et al. Dysregulation of the glycolysis-mitochondrial metabolism axis in osteoarthritis: mechanisms and therapeutic implications. Journal of Orthopaedic Translation. 2026;58:101089. doi:10.1016/j.jot.2026.101089.

2.Guo P, Alhaskawi AA, Moqbel SAA, Pan Z, et al. Recent development of mitochondrial metabolism and dysfunction in osteoarthritis. Frontiers in Pharmacology. 2025;16:1538662. doi:10.3389/fphar.2025.1538662.

3.Wu X, Fan X, Plan M, et al. Altered nicotinamide adenine dinucleotide metabolism drives cartilage degeneration and osteoarthritis. Clinical and Translational Medicine. 2025. doi:10.1002/ctm2.70513.

4.Altuntaş C, Duruksu G, Hunç F, Yazır Y. Mitochondria transfer from mesenchymal stem cells into osteoarthritic chondrocytes ameliorate cellular functions and alleviate both inflammation and oxidative stress. Tissue and Cell. 2025;96:102990.

5.Li K, Yang T, Chen F, et al. MOTS-c attenuates mitochondrial dysfunction induces pyroptosis and cartilage degradation in osteoarthritis via an Nrf2-dependent mechanism. Free Radical Biology and Medicine. 2025;241:717–731.

6.Yu C, Zhao S, Yue S, Chen X, Dong Y. Novel insights into the role of metabolic disorder in osteoarthritis. Frontiers in Endocrinology. 2024;15:1488481.

7.Adam MSS, Zhuang H, Ren X, Zhang Y, Zhou P, et al. The metabolic characteristics and changes of chondrocytes in vivo and in vitro in osteoarthritis. Frontiers in Endocrinology. 2024;15:1393550.

8.Pi P, Zeng L, Zeng Z, Zong K, Han B, Bai X, et al. The role of targeting glucose metabolism in chondrocytes in the pathogenesis and therapeutic mechanisms of osteoarthritis. Frontiers in Endocrinology. 2024;15:1319827.

9.Jiang D, Guo J, Liu Y, Li W, Lu D. Glycolysis: an emerging regulator of osteoarthritis. Frontiers in Immunology. 2024;14:1327852. doi:10.3389/fimmu.2023.1327852.

10.Lin S, Wu B, Hu X, Lu H. Sirtuin 4 downregulation contributes to chondrocyte senescence and osteoarthritis via mediating mitochondrial dysfunction. International Journal of Biological Sciences. 2024;20(4):1256–1278.

11.Arra M, Abu-Amer Y. Cross-talk of inflammation and chondrocyte intracellular metabolism in osteoarthritis. Osteoarthritis and Cartilage. 2023;31(8):1012–1021. doi:10.1016/j.joca.2023.04.003.

12.Defois A, Bon N, Charpentier A, et al. Osteoarthritic chondrocytes undergo a glycolysis-related metabolic switch upon exposure to IL-1β or TNF. Cell Communication and Signaling. 2023;21:137. doi:10.1186/s12964-023-01150-z.

13.Ni S, Yi N, Yuan H, et al. Angelica sinensis polysaccharide improves mitochondrial metabolism of osteoarthritis chondrocytes through PPARγ/SOD2/ROS pathways. Phytotherapy Research. 2023;37(11):5394–5406. doi:10.1002/ptr.7979.

14.Tan X, Li X, Han L, Xu X, Liu Y. A new strategy for osteoarthritis therapy: Inhibition of glycolysis. Frontiers in Pharmacology. 2022;13:1057229. doi:10.3389/fphar.2022.1057229.

Cover Image
Downloads
Published
2026-09-09
Section
Articles