TA’LIM JARAYONIDA MILLIY MEROS MANBALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI(BOSHLANG‘ICH TA’LIM MISOLIDA)

Authors
  • Babajanova Nodira

    Ranch universiteti pedagogika yo‘nalishi 1 kurs magistrantii

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda madaniy merosdan foydalanishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalari, tarixiy obidalar, urf-odatlar, milliy an’analar, buyuk allomalar merosi hamda badiiy asarlardan samarali foydalanish o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy g‘urur, estetik did va ma’naviy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, dars jarayonida madaniy meros namunalaridan foydalanishning interfaol usullari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unligi hamda tarbiyaviy samaradorligi tahlil qilingan. Maqolada madaniy meros vositasida o‘quvchilarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ijodiy tafakkurini rivojlantirish va milliy o‘zlikni anglash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Downloads
Download data is not yet available.
References

1.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. Boshlang‘ich ta’lim uchun Ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklari (1–4-sinflar). Toshkent

2.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. Tarbiya darsliklari (1–4-sinflar). Toshkent.

3.Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot.2017.

4.Sa'diy Sheroziy. Guliston. Toshkent: Sharq nashriyoti.2020

5.Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi ma’naviy. Toshkent: Yangi asr avlodi.2019

6.Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. Toshkent: Fan,2014

7.Ahmad Yugnakiy. Hibat ul-haqoyiq. Toshkent: Mumtoz so‘z.2016

8.Karimova, Sh. Bolalar adabiyoti. Toshkent: Oliy ta’lim uchun darslik.2023

9.Karimova, Sh. Nutqiy mahorat va o‘qituvchi nutqi. Toshkent: Mahalla va oila, 2023.

10.Mahmudov, F. Boshlang‘ich sinflarda ifodali o‘qishning ahamiyati. Journal of Education and Science, 2018, 2(4), 34–40.

11.Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasiga oid zamonaviy ilmiy manbalar va maqolalar to‘plami. Toshkent, 2020.

Cover Image
Downloads
Published
2026-05-08
Section
Articles