LUPUS-NEFRITNI ERTA ANIQLASHDA IMMUNOLOGIK VA LABORATOR MARKERLARNING AHAMIYATI
- Authors
-
-
Xushimov Abbos Anvar o‘g‘li
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti talabasi
Author
-
To‘rayev Shamshod Jumanazar o‘g‘li
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti talabasi
Author
-
G’aybullayev Ubaydullo Lutfullo o‘g‘li
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti talabasi
Author
-
Isoqov Javohir Nizomiddinovich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Davolash ishi fakulteti talabasi
Author
-
Nizomov Baxtiyor Uroqovich
Ilmiy rahbar: Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ichki kasalliklar kafedrasi assistenti
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Tizimli qizil yuguruk — bu turli organlar va tizimlarni zararlaydigan surunkali autoimmun kasallik boʻlib, uning eng xavfli koʻrinishlaridan biri lupus-nefrit hisoblanadi. Lupus-nefrit buyraklarning shikastlanishi bilan kechadi va bemorlarning sezilarli qismida oxirgi bosqich buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Kasallikni erta aniqlash va faollik darajasini toʻgʻri baholash davolash natijalarini yaxshilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Anʼanaviy immunologik markerlar qatoriga anti-dsDNK antitanalari, komplement tizimining C3 va C4 komponentlari kiradi. Biroq ushbu markerlarning sezgirligi va xosligi yetarli darajada yuqori emasligi sababli ular baʼzi bemorlarda kasallikning faol fazasini oʻtkazib yuborishga olib kelishi mumkin. Shu sababli tadqiqotchilar diqqati yangi immunologik va laborator biomarkerlarga qaratilmoqda. Ushbu maqolada lupus-nefritni erta aniqlashda qoʻllaniladigan anʼanaviy va zamonaviy immunologik hamda laborator markerlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, CD44, VSIG4, TNFRSF1b, VCAM1, ALCAM, OPN kabi yangi biomarkerlar anʼanaviy usullarga qaraganda yuqori sezgirlik va xoslikka ega. Shuningdek, siydik orqali aniqlanadigan MCP-1, VCAM-1, NGAL, TWEAK kabi markerlar invaziv boʻlmagan diagnostika imkoniyatlarini kengaytiradi. Buyrakka xos toʻrt oqsil indeksi uromodulin, myo-inositol oxygenase, heparanase va AREL1 dan iborat boʻlib, erta bosqichda buyrak shikastlanishini aniqlashda anʼanaviy koʻrsatkichlardan sezilarli darajada ustun turadi. Kelajakda ushbu biomarkerlarni klinik amaliyotga joriy etish lupus-nefritni erta aniqlash, kasallik faolligini kuzatish va davolashga javobni baholash imkonini beradi.
- Downloads
-
Download data is not yet available.
- References
-
1.Чиж К. А., Достанко Н. Ю., Ягур В. Е. Системная красная волчанка: учебно-методическое пособие. – Минск: Белорусский государственный медицинский университет, 2025. – 34 с.
2.Назарова Н. О., Жаббаров О. О. Люпус нефрит ривожланишининг клиник-патогенетик жиҳатларининг прогностик аҳамияти: услубий тавсиянома. – Тошкент: Тошкент тиббиёт академияси, 2022.
3.Тизимли қизил югурдак // Ички касалликлар пропедевтикаси. – Наманган: Наманган давлат университети, 2024. – 173-6.
4.Болаларда тизимли қизил югурик: клиникаси, диагностикаси ва даволаш. – Тошкент: Биоорганик кимё институти кутубхонаси, 2023.
5.Аниконова Л. И. Первичные гломерулонефриты и поражения почек при системных заболеваниях: учебно-методическое пособие. – Ставрополь: Северо-Кавказский федеральный университет, 2025.
6.Ишкабулова Г. Д. Болалар нефрологияси: ўқув қўлланма. – Самарқанд: Самарқанд давлат университети, 2025.
- Downloads
- Published
- 2026-09-20
- Section
- Articles