DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI ORGANLARI VA VAZIRLIK HAMDA IDORALAR ICHKI AUDIT XIZMATLARI O‘RTASIDAGI HAMKORLIKNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
- Authors
-
-
Sayimova Dinara
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Davlat moliyaviy nazorati va auditi yo‘nalishi magistranti
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
. Maqolada O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazorati organlari hamda vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikning amaldagi holati, institutsional asoslari va rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlar, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024–2025-yillardagi rasmiy hisobotlari hamda xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari kontent, statistik va qiyosiy tahlil usullarida tahlil qilindi. 2025-yilda ichki audit tadbirlari soni 2024-yilga nisbatan 28,0 foizga, bajarilgan tavsiyalar soni 34,5 foizga oshgani, tavsiyalar ijrosi 94 foizdan 97 foizga, yillik reja bajarilishi esa 91 foizdan 96 foizga ko‘tarilgani aniqlandi. Shu bilan birga, tashqi va ichki nazorat subyektlari uchun yagona risk reyestri, audit rejalarini oldindan muvofiqlashtirish, ma’lumot almashish protokoli va tavsiyalar ijrosining integratsiyalashgan monitoringi yetarlicha institutsionallashmaganligi asoslandi. Natijada “yagona risk–yagona dalil–yagona monitoring” tamoyiliga tayanuvchi to‘rt bosqichli hamkorlik mexanizmi taklif qilindi.
- Downloads
-
Download data is not yet available.
- References
-
1.Diamond, J. (2002). The Role of Internal Audit in Government Financial Management: An International Perspective. IMF Working Paper WP/02/94. Washington, DC: International Monetary Fund.
2.Iqtisodiyot va moliya vazirligi (2025). Vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlarining 2024-yildagi faoliyati yuzasidan yillik hisobot. Toshkent.
3.Iqtisodiyot va moliya vazirligi (2026). Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan yillik hisobot. Toshkent.
4.Mustafayeva, K.R. (2024a). Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 532–535.
5.Mustafayeva, K.R. (2024b). O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining muvofiqlashtirish faoliyati. Solution of Social Problems in Management and Economy, 3(10), 46–48.
6.OECD (2024). Enhancing Co-operation between Internal and External Auditors: Towards a Well-co-ordinated and Strengthened Public Sector Audit to Ensure Public Accountability. OECD Public Governance Policy Papers, No. 67. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/0d4976ed-en.
7.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2022). Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida, 416-son qaror, 1-avgust.
8.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2023). Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida, 377-son qaror, 14-avgust.
9.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2025a). 2025–2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, 210-son qaror, 4-aprel.
10.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2025b). Davlat moliyasi sohasida xavflarni boshqarish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida, 279-son qaror, 29-aprel.
11.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2025c). 2025–2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, 446-son qaror, 16-iyul.
- Downloads
- Published
- 2026-09-22
- Section
- Articles