SAMARQAND VILOYATIDA ELEKTRON SAVDO EKOTIZIMINI SHAKLLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY ASOSLARI
- Authors
-
-
Ulugmurodov Farxod Faxriddinovich
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Maqolada Samarqand viloyatida elektron savdo ekotizimini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari tadqiq etilgan. Elektron savdo ekotizimi ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, raqamli savdo maydonchasi, bank va to‘lov tashkiloti, saqlash va yetkazib berish xizmati, axborot texnologiyalari korxonasi, iste’molchi hamda davlat boshqaruvi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘langan iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida talqin qilingan. 2025-yil 1-aprel holatidagi Samarqand viloyati korxona va tashkilotlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi asosida ekotizimni shakllantirish uchun mavjud tadbirkorlik bazasi baholangan. Elektron savdo ekotizimining asosiy muammolari alohida infratuzilma elementlarining mavjud emasligidan ko‘ra ularning o‘zaro sust bog‘langanligi bilan izohlangan. Ishtirokchilar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi, yagona buyurtma identifikatsiyasi, to‘lov va yetkazib berish jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda hududiy monitoring ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
- Downloads
-
Download data is not yet available.
- References
-
1.Samarqand viloyati statistika boshqarmasi. (2025). Korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha ma’lumot, 2025-yil 1-aprel holati.
2.O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-792, 2022-yil 29-sentabr.
3.Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti. (2021). The Digital Transformation of SMEs. OECD Publishing.
4.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi. E-commerce and Digital Economy Programme: E-commerce Strategies.
5.Adner, R. (2017). Ecosystem as structure: An actionable construct for strategy. Journal of Management, 43(1), 39–58.
6.Jacobides, M. G., Cennamo, C., & Gawer, A. (2018). Towards a theory of ecosystems. Strategic Management Journal, 39(8), 2255–2276.
7.World Bank. (2024). E-GATE: Elevating Global Access Through E-commerce in Central Asia.
8.Moore, J. F. (1993). Predators and prey: A new ecology of competition. Harvard Business Review, 71(3), 75–86.
- Downloads
- Published
- 2026-09-24
- Section
- Articles