XIV ASRDA YOZILGAN “NAHJ UL-FARODIS” ASARIDA AXLOQIY VA TASAVVUFIY QARASHLARNING IFODALANISHI

Authors
  • Abduraxmonov Abdulxodiy Abdulatif o‘g‘li

    Mir Arab oliy madrasasi o’qituvchisi

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur maqolada XIV asr turkiy adabiy merosining muhim namunalaridan biri bo‘lgan Mahmud Ali Kadarīyning «Nahj ul-farodis» («Jannatlarning ochiq yo‘li») asari tadqiq etiladi. Unda asarning yaratilish tarixi, muallifi, qo‘lyozma nusxasining tuzilishi va kitobat xususiyatlari, shuningdek, uning axloqiy, diniy va tasavvufiy mazmuni tahlil qilinadi. «Nahj ul-farodis»ning to‘rt bob va qirq fasldan tashkil topgani, unda Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) hayoti, sahobalar va mazhab imomlari faoliyati, insonni Alloh taologa yaqinlashtiruvchi ezgu amallar hamda undan uzoqlashtiruvchi illatlar haqida hikoya va rivoyatlar asosida fikr yuritilgani yoritiladi. Asarning Sulaymoniya kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxasi, uning faksimile va transliteratsiya shaklidagi nashrlari hamda Janos Eckmann, Semih Tezcan va Hamza Zülfikarlarning tadqiqotlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, asarda Qur’on oyatlari, hadislar, tasavvufiy hikoyatlar va diniy-axloqiy manbalardan foydalanilganligi ko‘rsatilib, uning XIV asr turkiy nasri, diniy-ma’rifiy tafakkur va tasavvuf tarixini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati asoslanadi. Maqolada «Nahj ul-farodis»ni matniy va manbashunoslik nuqtayi nazaridan yanada chuqur tadqiq etish zarurati ta’kidlanadi.

Downloads
Download data is not yet available.
References

Nehcül-Feradıs. Uçmahlarnıng Açık Yolu (Cennetlerün Açık Yolu). I Metin. II.Tıpkıbasım. Tıpkıbasım ve Çevriyazı: Janos Eckmann, Yayımlayanlar: Semih Tezcan, Hamza Zülfikar. Ankara: Atatürk Kültür, Dil ve Tarih Yüksek Kurumu Türk Dil Kurumu Yayınları. 2004.

Eckmann, Jenos. Ön söz. Nehcül-Feradıs. Uçmahlarnıng Açık Yolu (Cennetlerün Açık Yolu). I Metin. II.Tıpkıbasım. Tıpkıbasım ve Çevriyazı: Janos Eckmann, Yayımlayanlar: Semih Tezcan, Hamza Zülfikar. Ankara: Atatürk Kültür, Dil ve Tarih Yüksek Kurumu Türk Dil Kurumu Yayınları. 2004.

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-04
Section
Articles