O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA KISHI ISMLARI ASOSIDA YASALGAN O‘SIMLIK NOMLARINING QIYOSIY TADQIQI

Authors
  • Ravshanqulov Abdurahmon Sherali o‘g‘li

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ikkinchi chet tili” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi https://orcid.org/0009-0008-0204-1224

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Ushbu tadqiqotda o‘zbek tili va Turkiya turk tilida kishi ismlari, familiyalar hamda shaxs bilan bog‘liq nomlash unsurlari asosida shakllangan o‘simlik nomlari qiyosiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiq etilgan ma’lumotlar majmuasida o‘zbek tiliga oid to‘qqizta, Turkiya turk tiliga oid o‘n beshta o‘simlik nomi namunasi mavjud. Materiallar formal tuzilish, kishi ismi bilan o‘simlik turini bildiruvchi nom o‘rtasidagi munosabat, umumiy nomlash unsurlari va madaniy motivatsiya nuqtayi nazaridan baholandi. Tahlil natijasida o‘zbek tilida Abujahl tarvuzi, Mirzaterak, Maryam daraxti, Ra’nogul kabi qo‘shma tuzilmalar; Turkiya turk tilida esa Atatürk çiçeği, Bektaşi üzümü, Ebûcehil otu, Kara Hasan otu, Karamanoğlu soğanı, Meryem otu va Meryemana dikeni kabi tuzilmalar ajralib turishi aniqlandi. Maryam/Meryem hamda Nargiz/Nergis unsurlarining har ikki adabiy tilda ham o‘simliklarni nomlashda qo‘llanishi umumiy madaniy va leksik zaminga ishora qiladi. Shu bilan birga, ikki tilda kishi ismlarining o‘simlik nomlari tarkibiga kirish usullari hamda ular bilan birga qo‘llanadigan o‘simlik turi nomlari farqlanishi mumkin. Tadqiqot antroponim asosli fitonimlar faqat nomlash birliklarigina emas, balki madaniy xotira, diniy assotsiatsiyalar va xalqning o‘simliklar olamini konseptuallashtirish usulini aks ettiruvchi leksik birliklar ekanini ko‘rsatadi.

Downloads
Download data is not yet available.
References

Ravshankulov, A. (2026). Özbek Türkçesi ve Türkiye Türkçesindeki bitki adlarının karşılaştırmalı incelenmesi. Nashr etilmagan magistrlik dissertatsiyasi, Ankara universiteti. YÖK Milliy dissertatsiyalar markazi (tez.yok.gov.tr).

Alkayış, M. F. (2007). Türkiye Türkçesinde Bitki Adları. Nashr etilmagan doktorlik dissertatsiyasi, Erciyes universiteti Ijtimoiy fanlar instituti, Kayseri.

Baytop, T. (2007). Türkçe Bitki Adları Sözlüğü (3-nashr). Ankara: Türk Dil Kurumu nashrlari.

Duran, A. (1998). Türkçede Bazı Bitki Adlarının Veriliş Sebepleri. Türk Dili, 555, 223–229.

Türk Dil Kurumu. (2011). Türkçe Sözlük. Ankara: Türk Dil Kurumu nashrlari.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. (2023). Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-05
Section
Articles