O‘ZBEK TILINING ICHKI IMKONIYATLARI VA YANGI SO‘ZLAR LEKSIK YANGILANISHNING MILLIY MEXANIZMLARI
- Authors
-
-
Amanbayeva Raxima
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Mazkur maqolada o‘zbek tilining lug‘at tarkibini boyituvchi ichki imkoniyatlar hamda zamonaviy ijtimoiy, ilmiy-texnik va raqamli jarayonlar ta’sirida yuzaga kelayotgan yangi so‘zlarning shakllanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Til taraqqiyoti faqat boshqa tillardan tayyor leksik birliklarni o‘zlashtirish hisobiga emas, balki tilning o‘z so‘z yasash modellari, semantik imkoniyatlari, qo‘shma birliklar yaratish, mavjud so‘zlarni terminlashtirish va tarixiy leksik qatlamlarni faollashtirish orqali ham amalga oshishi asoslanadi. Xususan, -chi, -lik, -li, -lash, -lashtir-, -uvchi kabi mahsuldor vositalarning yangi tushunchalarni nomlashdagi o‘rni, shuningdek, raqamli, raqamlashtirish, dasturchi, foydalanuvchi, boshqaruv, sichqoncha, tarmoq, sahifa, bulut kabi birliklarning yangi kommunikativ sharoitdagi vazifasi tahlil etiladi. Maqolada o‘zlashma so‘zlarni inkor etish emas, balki yangi tushunchalarni ifodalashda o‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan oqilona va tizimli foydalanish zarurligi ilgari suriladi. Yangi terminni yaratish va me’yorlashtirishda tushunarlilik, ixchamlik, so‘z yasash tizimiga moslik, xalq tomonidan qabul qilinish va xalqaro kommunikativ ehtiyojlar o‘rtasidagi muvozanat asosiy mezon bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi.
- Downloads
-
Download data is not yet available.
- References
-
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. E. Begmatov, A. Hojiyev, T. Mirzayev va boshqalar tahriri ostida. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.
Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
Ochilova M. O. Zamonaviy o‘zbek tilida neologizmlarning yuzaga kelish omillari. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali. 2026, 8(06), 1075-1081. DOI: 10.70728/b.series.fil.v08.i06.152.
Abruyeva M. Z. O‘zbek tilidagi neologizmlar: globallashuv davrida leksik o‘zgarishlarning kognitiv va pragmatik tahlili. Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g‘oyalar, 2026.
Haspelmath M., Tadmor U. (eds.). Loanwords in the World’s Languages: A Comparative Handbook. Berlin/New York: De Gruyter Mouton, 2009.
Crystal D. English as a Global Language. 2nd ed. Cambridge: Cambridge University Press, 2003.
- Downloads
- Published
- 2026-10-05
- Section
- Articles