KOMPYUTERNI O‘ZBEK TILIDAGI OVOZLI BUYRUQLAR ORQALI BOSHQARISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH

Authors
  • Matjumayeva Dilobar

    Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Ushbu maqolada kompyuterni o‘zbek tilidagi ovozli buyruqlar yordamida boshqarishga mo‘ljallangan UzVoiceControl dasturiy tizimini ishlab chiqish masalasi yoritilgan. Ishning asosiy maqsadi foydalanuvchining o‘zbek tilida bergan ovozli buyruqlarini qabul qilish, ularni matn ko‘rinishiga aylantirish va tegishli Windows amallarini avtomatik bajarish imkonini beruvchi dasturiy vositani yaratishdan iborat. Tizim Python dasturlash tilida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda SpeechRecognition, PyAutoGUI, subprocess, os va time modullaridan foydalanilgan. Ovozli buyruqlar mikrofon orqali qabul qilinib, recognize_google() funksiyasi yordamida uz-UZ tili asosida matnga aylantiriladi. Keyinchalik dasturiy shartlar yordamida buyruqning mazmuni aniqlanib, Windows operatsion tizimida tegishli amal bajariladi. Ishlab chiqilgan dastur yordamida Pusk menyusini ochish, Microsoft Word, Google Chrome, Kalkulyator, Bloknot va Provodnik dasturlarini ishga tushirish hamda tizim ishini to‘xtatish imkoniyatlari amalga oshirilgan.

Downloads
Download data is not yet available.
References

Python Software Foundation. Python Documentation.

SpeechRecognition Python library documentation.

PyAutoGUI documentation.

Microsoft Windows dasturiy muhitiga oid texnik hujjatlar.

Python dasturlash tilida dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha o‘quv-uslubiy manbalar.

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-07
Section
Articles