YUZNING MINIMAL INVAZIV KORREKSIYASIDA (DERMAL FILLERLAR VA IPLAR) ASORATLARNING KLINIK SPEKTRI VA TASNIFIY YONDASHUVLAR: SISTEMATIK SHARH
- Authors
-
-
Mirzamudov Humoyun Ganisher o‘g‘li
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Ushbu tadqiqotning maqsadi yuzning minimal invaziv korreksiyasi usullari — dermal fillerlar va absorbilanuvchi iplar — qo‘llanilgandan keyin yuzaga keladigan asoratlarning klinik spektrini tizimli o‘rganish va mavjud tasnifiy yondashuvlarni tahlil qilishdan iborat. Metodlar. PubMed, Embase va Web of Science ma’lumotlar bazalarida 2015–2025 yillar oralig‘ida nashr etilgan ingliz tilidagi maqolalar tizimli qidiruvdan o‘tkazildi. Qidiruv so‘zlari: “dermal filler complications”, “thread lift complications”, “soft tissue filler adverse events”, “filler classification”, “thread lifting adverse effects”. PRISMA ko‘rsatmalariga rioya qilindi. Jami 537 ta maqola aniqlanib, 26 tasi yakuniy tahlilga kiritildi. Natijalar. Iplar bilan liftingda eng ko‘p uchraydigan asoratlar: shish (34%), ekximoz (26%), ko‘rinadigan yoki palpatsiya qilinadigan iplar (10%), teri cho‘kishi (7%), paresteziya (6–10%), infeksiya (2%). Fillerlar bo‘yicha asoratlar paydo bo‘lish vaqti, etiologiyasi va og‘irlik darajasi bo‘yicha tasniflanadi. Vaskulyar okluziya, to‘qima nekrozi, granulomalar va kechiktirilgan yallig‘lanish reaksiyalari eng jiddiy asoratlar sirasiga kiradi. VIO (Vascular, Immunological, Other) tasnifi va ISAC (International Society of Aesthetic Competence) algoritmi zamonaviy klinik amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.
- Downloads
-
Download data is not yet available.
- References
-
Landau M, Fischer T. Hyaluronsäure-Filler: Komplikationen richtig einordnen. Ästhetische Dermatologie & Kosmetologie. 2024;16:15.
Komplikationsmanagement nach Hyaluronsäurefillerinjektionen: VIO-Nebenwirkungsklassifikation. Die Dermatologie. 2026;77:181–185.
Yi KH, Park SY. Facial Thread Lifting Complications. Journal of Cosmetic Dermatology. 2025.
Treatment of Soft Tissue Filler Complications: Expert Consensus Recommendations. Aesthetic Plastic Surgery. 2018;42:498–510.
Zhou X, Zhuang S. A meta-analysis of complications of thread lifting. Frontiers in Surgery. 2026;13:1769458.
Baranska-Rybak W, Lajo-Plaza JV, Walker L, Alizadeh N. Late-Onset Reactions after Hyaluronic Acid Dermal Fillers: A Consensus Recommendation on Etiology, Prevention and Management. Dermatology and Therapy. 2024;14:1767–1785.
Vision-Threatening Complications of Soft Tissue Fillers: A Report by the American Academy of Ophthalmology. Ophthalmology. 2025;132(8):935–944.
Permanent Complications After Dermal Fillers: Risks, Prevention, and Management Strategies. Aesthetic Plastic Surgery. 2026;50:6754–6764.
- Downloads
- Published
- 2026-10-07
- Section
- Articles