INGLIZ VA OʻZBEK DETEKTIV NASRIDA SASPENS VA MANTIQIY TUGUN YARATISHNING POETIK USULLARI (TOHIR MALIK VA AGATA KRISTI ASARLARI MISOLIDA)
- Authors
-
-
Rustamova Sitora Sharofiddin qizi
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek detektiv nasrining muhim poetik xususiyatlaridan biri bo‘lgan saspens va mantiqiy tugun yaratish usullari qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etiladi. Tahlil obyekti sifatida Agata Kristining “Rojer Ekroydning qotilligi”, “Ular o‘nta edi” kabi detektiv romanlari hamda Tohir Malikning “Shaytanat” asari tanlandi. Tadqiqotda detektiv syujetning shakllanishida jinoyatning sir sifatida taqdim etilishi, axborotni kechiktirib berish, yashirin dalillar, chalg‘ituvchi ishoralar, yolg‘on izlar, nuqtayi nazarni cheklash, psixologik bosim, parallel syujet liniyalari va finaldagi retrospektiv qayta talqin kabi poetik vositalarning o‘rni tahlil qilinadi. Agata Kristi klassik “kim qotil?” modelini mantiqiy jumboq, dalillar tizimi va o‘quvchini chalg‘ituvchi red herringlar orqali mukammallashtirgan bo‘lsa, Tohir Malik detektiv tugunni ijtimoiy-psixologik va ma’naviy muammolar bilan birlashtiradi. Natijada ingliz klassik detektivida mantiqiy konstruksiya va epistemologik o‘yin ustuvor bo‘lsa, o‘zbek detektiv nasrida jinoyat sabablarini ijtimoiy muhit, inson ruhiyati va axloqiy tanlovlar bilan bog‘lash tendensiyasi kuchli ekani asoslanadi.
- Downloads
-
Download data is not yet available.
- References
-
Shklovsky, V. Theory of Prose. Elmwood Park: Dalkey Archive Press.
Bakhtin, M. Problems of Dostoevsky’s Poetics. Minneapolis: University of Minnesota Press.
Karimov, B. Adabiyotshunoslik metodologiyasi. Toshkent: Muharrir, 2011.
Holbekov, M. Struktur adabiyotshunoslik. Toshkent: Navro‘z, 2014.
Iresboyev, T.T. Hozirgi o‘zbek detektiv adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari (Tohir Malikning “Shaytanat” asari asosida). Filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi. Toshkent, 2001.
Sulaymonov, Sh.S. O‘zbek detektiv nasri: genezisi va tabiati. Filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi. Toshkent, 2002.
Xoliqov, B. Systematic Modelling Literary Interpretation of Reality in Detective Novels. Tashkent State University of Uzbek Language and Literature.
Sapayeva, F., Kurbanbayev, O., Xojaahmadova, N., Mirzayeva, D. “Qissalarda sarguzasht unsurlari (Tohir Malik asarlari misolida).” Science and Society, 2022, 4(1), 140–143.
Pardayeva, Sh. “O‘zbek detektiv janri taraqqiyotida Tohir Malikning o‘rni.” Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g‘oyalar, 2026, 3(2).
Plain, G. Agatha Christie: A Very Short Introduction. Oxford University Press, 2025.
Makhmudova, Y.A. “Intertextual Interweaving’s and Sociocultural Reflections in Tahir Malik’s ‘Shaytanat’.” Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 2023.
Beknazarova, Z. “‘Shaytanat’ asarida kriminaliklik psixologiyasi.” Ijtimoiy-gumanitar sohada ilmiy-innovatsion tadqiqotlar, 2026.
- Downloads
- Published
- 2026-10-08
- Section
- Articles