NOAN’ANAVIY SABZAVOT VA DORIVOR TIMYAN (THYMUS VULGARIS L.) O‘SIMLIGINING BIOLOGIYASI, QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI HAMDA INTRODUKSIYASI
- Authors
-
-
Nurmamatov Furqat Abdug‘anievich
q.x.f.f.d.(PhD) doktorant, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Author
-
Nurullayeva Gulandom Kamol qizi
tadqiqotchi, Termiz shahar 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Surxondaryo viloyatining quruq subtropik sharoitida noan’anaviy ziravor-dorivor o‘simliklardan biri – timyan (Thymus vulgaris L.)ning turli ekologo-geografik hududlardan keltirilgan nav namunalarini introduksiya qilish, ularning morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar 2024–2026-yillarda olib borilib, tajriba materiallari sifatida 6 ta timyan nav namunasi o‘rganildi. Tajriba 3,5 m² hisob bo‘lmachalarida, 70×25 sm ekish sxemasida tashkil etildi. Vegetatsiya davrida fenologik kuzatuvlar, biometrik o‘lchovlar, ko‘k va quritilgan massa hosildorligini aniqlash ishlari amalga oshirildi. O‘rganilgan nav namunalarida o‘simlik balandligi 21–33 sm, bir o‘simlikdagi barglar soni 1058–4301 dona, poya va shoxlar soni 16–28 dona, barg uzunligi 2,4–6,2 mm, barg eni 1,1–3,4 mm oralig‘ida bo‘ldi. Ko‘k massa hosildorligi 2,1–3,8 kg/m², quritilgan massa hosildorligi esa 0,1–0,4 kg/m² ni tashkil etdi. Eng yuqori ko‘k massa hosildorligi Timyan ovoshnoy limonchello №2 nav namunasida 3,8 kg/m², quritilgan massa hosildorligi esa Timyan aromatniy kover namunasida 0,4 kg/m² qayd etildi. Efir moyi miqdori mazkur tadqiqotda bevosita aniqlanmagan bo‘lib, uning kimyoviy tarkibi bo‘yicha xorijiy ilmiy adabiyotlar tahlili amalga oshirildi. Adabiyotlar ma’lumotlariga ko‘ra, T. vulgaris efir moyining asosiy komponentlari timol, karvakrol, p-simen va γ-terpinen bo‘lib, ularning nisbati o‘simlikning genotipi, ekologo-geografik kelib chiqishi, rivojlanish fazasi va agrotexnologik sharoitlariga bog‘liq ravishda sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin. Olingan natijalar Surxondaryoning quruq subtropik sharoitida timyan nav namunalarini introduksiya qilish va istiqbolli boshlang‘ich seleksiya materiallarini ajratib olish imkoniyatini ko‘rsatadi.
- Downloads
-
Download data is not yet available.
- References
-
Axinte M., Borcean I., Roman Gh. V., Muntean L. S. Fitotehnie. Iași: Editura Ion Ionescu de la Brad, 2006.
Bălteanu Gh., Bărnaure V. Fitotehnie. București: Editura Ceres, 1979.
Satyal P., Murray B.L., McFeeters R.L., Setzer W.N. Essential Oil Characterization of Thymus vulgaris from Various Geographical Locations. Foods. 2016;5(4):70. DOI: 10.3390/foods5040070.
Hudaib M., Speroni E., Di Pietra A.M., Cavrini V. GC/MS evaluation of thyme (Thymus vulgaris L.) oil composition and variations during the vegetative cycle. Journal of Pharmaceutical and Biomedical Analysis. 2002;29(4):691–700. DOI: 10.1016/S0731-7085(02)00119-X.
Gouyon P.H., Vernet P., Guillerm J.L., Valdeyron G. Polymorphisms and environment: the adaptive value of the oil polymorphisms in Thymus vulgaris L. Heredity. 1986;57:59–66. DOI: 10.1038/hdy.1986.87.
Hudaib M., Speroni E., Di Pietra A.M., Cavrini V. GC/MS evaluation of thyme (Thymus vulgaris L.) oil composition and variations during the vegetative cycle. Journal of Pharmaceutical and Biomedical Analysis. 2002;29(4):691–700. DOI: 10.1016/S0731-7085(02)00119-X.
Burzo I., Dobrescu A., Voican V., Delian E. Curs de Fiziologia Plantelor. București: Universitatea de Științe Agronomice și Medicină Veterinară, 1996.
Hera C., Borlan Z. Ghid pentru alcătuirea planurilor de fertilizare. București: Editura Ceres, 1980.
Muntean L. S., Borcean I., Axinte M., Roman Gh. V. Fitotehnie. București: Editura Didactică și Pedagogică, 1995.
Muntean L. S., Borcean I., Roman Gh. V., Axinte M. Fitotehnie. Iași: Editura Ion Ionescu de la Brad, 2003.
- Downloads
- Published
- 2026-10-08
- Section
- Articles