OKMK MIS BOYITISH FABRIKASIDA MAYDALASH JARAYONINING METALL YO‘QOTISHLARIGA TA’SIRINI BAHOLASH

Authors
  • Narzullayeva Shaxnoza Raxmatilla qizi

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur maqolada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) mis boyitish fabrikalarida rudani maydalash jarayonining keyingi boyitish bosqichlaridagi metall yo‘qotishlariga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maydalash bosqichi foydali mineral zarrachalarini ochish, ularning granulometrik tarkibini shakllantirish va keyingi yanchish hamda flotatsiya jarayonlarining samaradorligini belgilovchi muhim texnologik operatsiya hisoblanadi. Maydalashning yetarli darajada olib borilmasligi foydali mineralning jins bilan o‘zaro bog’langan holda qolishiga, ortiqcha maydalash esa shlam hosil bo‘lishi va metallning flotatsion chiqindilarga o‘tish ehtimolining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tadqiqotda maydalash mahsulotining granulometrik tarkibi, foydali mineralning ochilish darajasi, maydalagichning ish rejimi, namlik, ruda qattiqligi va qayta aylanish yuklamasining metall yo‘qotishlariga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, metall balansini nazorat qilish, texnologik parametrlarni optimallashtirish va raqamli monitoring asosida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Downloads
Download data is not yet available.
References

Wills B.A., Finch J. Wills’ Mineral Processing Technology: An Introduction to the Practical Aspects of Ore Treatment and Mineral Recovery. – 8th ed. Oxford: Butterworth-Heinemann, 2016.

Gupta A., Yan D.S. Mineral Processing Design and Operations: An Introduction. – 2nd ed. Amsterdam: Elsevier, 2016.

Fuerstenau M.C., Han K.N. Principles of Mineral Processing. – SME, 2003.

Yusupov U.S., Khasanov A.S. Research on the Processing of Cooled Solid Slags // Digital Technologies in Industry. – 2024. – Vol. 2, No. 4. – P. 65–69.

Khasanov A.S., Eshonkulov U.Kh. Technological Approaches to Enhancing the Efficiency of Copper, Lead, and Zinc Concentrate Production at the Khondiza Processing Plant // Digital Technologies in Industry. – 2025.

Mirzajonova S.B., Khatamkulov V.Kh. Integrated Technology for Processing Metals from Waste of the Copper Processing Factory of the Almalyk Mining and Metallurgical Company. – 2022.

“Olmaliq KMK” AJ. Copper Concentrator Plant No. 2: production and technological information.

“Olmaliq KMK” AJ. Copper Concentrator Plant No. 3: crushing, grinding and flotation technology.

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-08
Section
Articles