O‘ZBEKISTON INTERNET SEGMENTIDA DEZINFORMATSIYANING GENEZISI VA TARQALISH PLATFORMALARI: STRUKTURAVIY-FUNKSIONAL TAHLIL

Authors
  • Hamidova Mahliyo

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston internet segmentida tarqalayotgan soxta (feyk) xabarlarning shakllanish manbalari (genezisi), ularning kognitiv-manipulyativ arxitekturasi hamda tarqalish platformalarining tizimli mexanizmlari tadqiq etiladi. Tadqiqot 2025–2026 yillarda milliy axborot maydonida keng jamoatchilik rezonansiga sabab bo‘lgan, ixtisoslashgan faktcheking platformalari hamda rasmiy davlat idoralari tomonidan verifikatsiya qilinib, fosh etilgan 11 ta empirik keys monitoringi va kontent-tahliliga tayanadi. Tadqiqot natijalari dezinformatsion oqimlar tasodifiy xarakterga ega emasligini, balki normativ-huquqiy hujjatlarning noxolis talqini (27,3%), ijtimoiy-iqtisodiy kutilmalar bilan bog‘liq manipulyatsiyalar (27,3%), kriminogen va ommaviy qo‘rquvga asoslangan sensatsiyalar (27,3%) hamda generativ sun’iy intellekt (GenAI) texnologiyalari (18,1%) orqali maqsadli ishlab chiqarilishini ko‘rsatdi. Shuningdek, Telegram messenjerining virusli katalizatorlik roli, vizual ijtimoiy tarmoqlarning kognitiv filtrlarni chetlab o‘tish xususiyatlari hamda axborot asimmetriyasi muammolari konseptual jihatdan yoritilgan.

Downloads
Download data is not yet available.
References

O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik banknota chiqarilishi rad etildi. Spot.uz, 2026. URL: https://www.spot.uz/oz/2026/04/07/five-hundred

O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi rad etildi. Daryo.uz, 2026. URL: https://daryo.uz/2026/04/07/ozbekistonda-500-ming-somlik-kupyura-chiqarilishi-rad-etildi/

Markaziy bank: notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lganda kartadan pul yechib olinishi asossiz. Spot.uz, 2025. URL: https://www.spot.uz/oz/2025/01/10/bank-cards-fraud/

UzAuto o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit ajratishdan bosh tortgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Daryo.uz, 2025. URL: https://daryo.uz/2025/01/12/uzauto-oqituvchilarga-imtiyozli-avtokredit-ajratishdan-bosh-tortgani-haqidagi-xabarlarni-rad-etdi/

O‘zbekistonda mart va avgustdan ish haqi, pensiya hamda nafaqalar oshirilishi rad etildi. Daryo.uz, 2025. URL: https://daryo.uz/2025/02/17/ozbekistonda-mart-va-avgustdan-ish-haqi-pensiya-hamda-nafaqalar-oshirilishi-rad-etildi/

O‘zbekiston maktablarida yozgi ta’til qisqaradimi? Vazirlik izoh berdi. Daryo.uz, 2025. URL: https://daryo.uz/2025/03/14/ozbekiston-maktablarida-yozgi-tatil-qisqaradimi-vazirlik-izoh-berdi/

Hayvonlarni identifikatsiya qilish uning egasiga jarima solishni nazarda tutmaydi. Gov.uz, 2026. URL: https://gov.uz/oz/agro/news/view/203307

Toshkentdagi basseynlarda ommaviy kasallanish haqidagi xabarlar rad etildi. Zamon.uz, 2026. URL: https://zamon.uz/uz/2026/07/30/toshkentdagi-basseynlarda-ommaviy-kasallanish-haqidagi-xabarlar-rad-etildi

Katta Farg‘ona kanalida timsohlar: Sun’iy intellekt yaratgan feyk. Factcheck.uz, 2026. URL: https://factcheck.uz/?p=8465

Tolibon vakili bayonoti yuzasidan munosabat bildirish bo‘yicha tahliliy material.Gazeta.uz,2026. URL: https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/17/afghanistan/

2021-yilgacha haydovchilik guvohnomasini olganlarning qayta imtihon topshirishi haqidagi xabar raddiyasi. Spot.uz, 2026. URL: https://www.spot.uz/oz/2026/01/10/drivers-license

Toshkentda kuryer yigit zo‘rlangani haqidagi sensatsion xabar o‘rganildi. Zamon.uz, 2025. URL: https://zamon.uz/uz/2025/06/30/toshkentda-dostavkachi-yigit-zorlandimi-36935

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-12
Section
Articles