AGMK MOF-3 SHARLI TEGIRMON GIDROTRANSPORT TIZIMIDA PO'LAT SHAR PARCHALARINING ABRAZIV YEMIRISH TA'SIRINI STATSIONAR MAGNITLI USHLAGICH BILAN KAMAYTIRISH

Authors
  • Marasulov Murodjon Soyibjon o'g'li

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Ochiq usulda qazib olingan mis-molibden rudasini boyitish jarayonida sharli tegirmonlarda maydalanuvchi po'lat sharlarning yemirilishi natijasida hosil bo'ladigan mayda po'lat parchalari tegirmon bo'shatish butarasidan o'tib, gidrotransport tizimiga shlam nasosi va gidrosiklonga tushadi hamda ularning ish yuzalarini o'tkir qirralari bilan tez yemiradi. Ushbu maqolada AGMK MOF-3 korxonasining Warman 450 nasosi va CAVEX 500CVX10 gidrosiklonining texnik pasportlari asosida ushbu yemirilish mexanizmi aniqlashtirilgan, tegirmon bo'shatish tsapfasiga o'rnatiluvchi statsionar magnitli ushlagich konstruksiyasi va uning asosiy tortish kuchi hisob-kitoblari taqdim etilgan, uskunalar xizmat muddatini oshirish nazariyasi ishlab chiqilgan hamda magnit tortish jarayonida qovushqoq pulpa pardasi orqali qimmatli komponentlarning (Au, Cu, Mo) yo'qolish mexanizmi, ularni asosiy oqimga qaytarish choralari va ushlangan po'lat parchalarini qayta ishlashga yo'naltirish imkoniyati muhokama qilingan. Taklif etilgan yechimning o'ziga xosligi mavjud butarani (elakni) olib tashlamasdan, uning ichiga magnit zonasini integratsiya qilish orqali ikki xil ajratish (o'lcham bo'yicha va magnit xossasi bo'yicha) bitta barabanda birlashtirilishidadir.

Downloads
Download data is not yet available.
References

Shakarov T.I., Xasanov A.S. Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - Toshkent: "Muharrir" nashriyoti, 2025. - 652 b.

AGMK MOF-3 gidrotransport tizimidagi abraziv yemirilish: sabablari va futerovka tanlovi. - Ichki ilmiy-texnik maqola.

Marasulov M.S. Maydalash sifati va gidrotransport tizimlarining abraziv yemirilishi: boyitish fabrikalari misolida texnologik-iqtisodiy tahlil. Ichki ilmiy-texnik maqola.

Amaliyskiy GMK reagent rejimi va ruda tarkibi tahlili // Молодой учёный. — 2019. № 286.

Wang D., Ju F., Xu J., Xiao M., Ning P., Wang T. Effect of particle properties on erosion in slurry transport pipeline: Velocity, size, mass flow rate and shape // Minerals Engineering. 2025. Art. 109550. DOI: 10.1016/j.mineng.2025.109550.

Durand R., Condolios E. Etude experimentale du refoulement des matériaux en conduite. Deuxieme Journée de l'Hydraulique, 1952.

Svoboda J. Magnetic Techniques for the Treatment of Materials. Kluwer Academic Publishers, 2004.

Пелевин А.Е. Магнитные и электрические методы обогащения: учебник. Екатеринбург, 2018.

Statsionar magnitli ushlagichlarning konchilik korxonalaridagi sanoat samaradorligi bo'yicha hisobot // North American Mining Magazine. 2026-05-15.

AGMK MOF-3 ТМЦ (ehtiyot qism sarfi) bo'yicha ichki hisobot: Warman 450 MCR450 nasosi va МШЦ-7,3×13 tegirmoni futerovkasi xizmat muddatlari. Zavodning imzolangan ichki hujjati, 2026.

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-12
Section
Articles