O'ZBEKISTONDA SUG'ORILADIGAN YERLAR SHO'RLANISHINING QISHLOQ XO'JALIGI EKINLARI HOSILDORLIGIGA TA'SIRINI IQTISODIY BAHOLASH

Authors
  • Aydarbekova A.Y.

    Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Yer resurslaridan samarali foydalanish loyihasi yetakchi mutaxassisi

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada O'zbekistonda sug'oriladigan yerlar sho'rlanishining qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligiga ta'siri va undan kelib chiqadigan iqtisodiy yo'qotishlar hududlar kesimida baholangan. Tadqiqotda 2019–2024-yillar uchun 13 ta hudud bo'yicha sho'rlanish va hosildorlik ma'lumotlari asosida sho'rlanish indeksi hisoblangan, korrelyatsion tahlil o'tkazilgan va yo'qotilgan hosil qiymati aniqlangan. Natijalar 2024-yilda sug'oriladigan yerlarning 43,4 foizi sho'rlanganini hamda sho'rlanish asosan Amudaryoning quyi oqimi va Mirzacho'l hududlarida to'planganini ko'rsatdi. Sho'rlanish va hosildorlik o'rtasida manfiy, ammo kuchsiz bog'liqlik aniqlandi. Paxta xomashyosi va don ekinlari bo'yicha yillik yo'qotishlar 5,8–5,9 trillion so'mga baholandi. Sho'rlangan maydonlarning qisqarish sur'ati 2030-yilgacha belgilangan maqsadlarga erishish uchun yetarli emasligi asoslab berilgan va meliorativ mablag'larni hududlar bo'yicha ustuvorlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.

Downloads
Download data is not yet available.
References

FAO. Global status of salt-affected soils. – Rome: FAO, 2024. – openknowledge.fao.org

Qadir M., Quillérou E., Nangia V., Murtaza G., Singh M., Thomas R.J., Drechsel P., Noble A.D. Economics of salt-induced land degradation and restoration // Natural Resources Forum. – 2014. – Vol. 38, No. 4. – P. 282–295.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni. – lex.uz/docs/-4567334

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi "O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo'ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6024-son Farmoni. – lex.uz/docs/-4892953

O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 2-fevraldagi "Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida"gi O'RQ-903-son Qonuni. – lex.uz/docs/-6787881

Ibrakhimov M., Khamzina A., Forkutsa I. et al. Groundwater table and salinity: spatial and temporal distribution and influence on soil salinization in Khorezm region (Uzbekistan, Aral Sea Basin) // Irrigation and Drainage Systems. – 2007. – Vol. 21.

Ibrakhimov M., Martius C., Lamers J.P.A., Tischbein B. The dynamics of groundwater table and salinity over 17 years in Khorezm // Agricultural Water Management. – 2011. – Vol. 101, No. 1. – P. 52–61.

Martius C., Rudenko I., Lamers J.P.A., Vlek P.L.G. (eds.) Cotton, Water, Salts and Soums: Economic and Ecological Restructuring in Khorezm, Uzbekistan. – Dordrecht: Springer, 2012.

Aw-Hassan A., Korol V., Nishanov N., Djanibekov U., Dubovyk O., Mirzabaev A. Economics of land degradation and improvement in Uzbekistan // Nkonya E., Mirzabaev A., von Braun J. (eds.) Economics of Land Degradation and Improvement – A Global Assessment for Sustainable Development. – Cham: Springer, 2016. – DOI: 10.1007/978-3-319-19168-3_21.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. SIAT ochiq ma'lumotlar platformasi: paxta xomashyosi va don ekinlari yalpi hosili, qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligi, bozorlardagi o'rtacha narxlar. – siat.stat.uz (murojaat sanasi: 26.10.2026)

"Tuproq sho'rlanishi sabab O'zbekiston yiliga 4 trillion so'm zarar ko'rmoqda": Qishloq xo'jaligi vazirligi boshqarma boshlig'i O. Soatov bilan suhbat // Kun.uz. – 06.12.2023. – kun.uz

Maas E.V., Hoffman G.J. Crop salt tolerance – current assessment // Journal of the Irrigation and Drainage Division (ASCE). – 1977. – Vol. 103, No. IR2. – P. 115–134.

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-26
Section
Articles