JADIDLARNING YANGI ZAMON QURISH YO‘LIDAGI MA'RIFIY, IJТIMOIY VA MILLIY HARAKAТLARI

Authors
  • Nurmuxamedjonov Axmadjon Maxmudovich

    Farg‘ona davlat universiteti Vokal va cholg‘u ijrochiligi kafedrasi dotsenti

    Author

Abstract

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Тurkiston va Markaziy Osiyo hududida shakllangan jadidchilik harakatining yangi zamon qurish yo‘lidagi ma'rifiy, ijtimoiy-madaniy va milliy harakatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Jadidlarning jamiyat taraqqiyotini, avvalo, ta'lim va ma'rifatni yangilashdan boshlash g‘oyasi, yangi usul maktablarini tashkil etishi, zamonaviy fanlarni o‘quv jarayoniga kiritilishi, matbuot va nashriyotni rivojlantirishi, teatr va adabiyotdan ijtimoiy ongni uyg‘otish vositasi sifatida foydalanishi yoritiladi. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir va boshqa ma'rifatparvarlarning milliy tafakkur, zamonaviy ta'lim, madaniy taraqqiyot va ijtimoiy mas'uliyatni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ilmiy yondashuvga ko‘ra, jadidchilikni faqat ta'lim islohoti yoki siyosiy harakat doirasida emas, balki inson, jamiyat va milliy madaniyatni modernizatsiya qilishga qaratilgan yaxlit intellektual harakat sifatida baholash maqsadga muvofiqdir.

Downloads
Download data is not yet available.
References

jadidchilik, jadidlar, yangi usul maktabi, ma'rifat, milliy uyg‘onish, zamonaviy ta'lim, matbuot, milliy tafakkur, madaniy taraqqiyot, Тurkiston, Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori.

Cover Image
Downloads
Published
2026-11-15
Section
Articles