CHO‘G‘URTMA — INSONIYAT SANOATI VA DAVLATCHILIGINING BOSH MAVZESI: ERON QANOTLARI TIZIMINING QIYOSIY TAHLILI VA KO‘HNA G‘UZOR — KO‘HNA TURON YURAGI GIS REYESTRI (UMUMYEVROOSIYO SIVILIZATSION PARALLELLARI)
- Authors
-
-
Soatov Xalil Qudratovich
Iqtisod fanlari nomzodi (i.f.n.), Cho‘g‘urtma MFY «Keksalar va faxriylar» guruhi rahbari, «Yangi O‘zbekiston ma’rifatparvari» tanlovi g‘olibi.
Author
-
Bekmurodova Marhabo Dilmurod qizi
Qarshi davlat universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 1-bosqich 026-45-guruh talabasi.
Author
-
Bekmurodov Berdimurod Dilmurod o‘g‘li
2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi.
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Ushbu ilmiy tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-son Farmoni mandati va muallifning mutlaq intellektual mulk huquqi (Davlat mualliflik guvohnomasi № 010553, shifr: TII-08/2026) asosida amalga oshirilgan. Raqamli GIS-triangulyatsiya va dala arxeologik kuzatuvlari orqali Ko‘hna Turonning Cho‘g‘urtma (Ko‘hna Huzor) vohasidagi gidrotexnika va metallurgiya tizimi 3000 yillik Eron qanot texnologiyasidan kamida uch ming yil qadimiyroq (taxminan 6000 yillik) va muhandislik jihatidan murakkabroq ekanligi ilmiy asoslab berildi. Tadqiqot doirasida KATSH standarti bo‘yicha pasportlashtirilgan yettita noyob sanam (CH-003 — CH-009), «Suboh zarbxonasi» mis tangasi (CH-022-M) hamda qadimgi Turonda Shoh va Malika (Nozin momo — To‘maris siymosi) teng huquqli boshqaruviga asoslangan qo‘sh-hukmdorlik institutini tasdiqlovchi runik-so‘g‘d bitikli «Nozin Momo» tangasi (CH-023.26) ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qarori reyestridagi makoniy noaniqliklar (RDS-CH-00.10 — RDS-CH-00.23) GIS-tahlil asosida bartaraf etilib, yodgorliklarni in situ (o‘z asl joyida) muzeylashtirish va xalqaro geoturistik brendini yaratish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
- Downloads
-
Download data is not yet available.
- References
-
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-116-son Farmoni hamda 2022-yil 5-maydagi PQ-261-son Qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli Qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi 2001-yil 30-avgustdagi 269-II-sonli Qonuni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» DM tomonidan berilgan № 010553-sonli Davlat mualliflik guvohnomasi, shifr: TII-08/2026 (2026-yil 13-fevral / 13-iyul). Muallif: X.Q. Soatov.
5. Soatov X.Q. Ko‘hna Huzor — Ko‘hna Turon yuragi: Cho‘g‘urtma vohasi va Qo‘rg‘ontepa obidalari (GIS-kartografik va arxeologik-numizmatik tadqiqot monografiyasi). — Toshkent, 2026. — 980 b.
6. Salohiddin Toshkandiy. Temurnoma. — Toshkent: Cho‘lpon, 1990. — B. 312.
7. Arrian. Poxod Aleksandra (Anabasis Alexandri) / Per. s grech. M.Ye. Sergeyenko. — M.-L.: Izd-vo AN SSSR, 1962.
8. Kvint Kursiy Ruf. Istoriya Aleksandra Makedonskogo. — M.: Izd-vo MGU, 1993.
9. «Cho‘g‘urtma», «Mevazor» va «Guliston» MFYlari raislari va oqsoqollari ishtirokida tuzilgan artefaktlarni dala sharoitida fiksatsiya qilish to‘g‘risidagi 23 ta rasmiy dalolatnomalar to‘plami (G‘uzor, 2026-y.).
10. Rayimqulov A. Qashqadaryo vohasining VIII–XIV asrlar davri shaharlari va tarixiy topografiyasi. — Toshkent: «Ochil» nashriyoti, 2025. — B. 434 (2-rasm).
11. Soatov, X. Q. (2026, 12-oktabr). Cho‘g‘urtma — insoniyat sanoati va davlatchiligining bosh mavzesi. Ilm-fan xabarnomasi, 16(01). wosjournals.uz
12. Soatov, X. Q. (2026, 23-oktabr). Ko‘hna G‘uzor (Huzor) va qadimgi Turon yuragi, Qavchin eli: Cho‘g‘urtma mavzesi qadimiy turkiy manbalari arealining geodezik-kartografik asar-monografiyasi va raqamli GIS reyestr to‘plami. Ilm-fan xabarnomasi.
- Downloads
- Published
- 2026-11-17
- Section
- Articles