ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARDA IJTIMOIY MOSLASHUV JARAYONINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors
  • Mingnorov Abduxoliq Toshmirzayevich, To`rayeva Dilorom O`lmas qizi

    Nizomiy nomidagi O`zbekiston Milliy Pedagogika Universiteti

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda ijtimoiy moslashuv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Eshitishdagi buzilishlarning bolalarning shaxsiy rivojlanishi, muloqot faoliyati hamda jamiyatga moslashuv jarayoniga ta’siri yoritilgan. Maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning tengdoshlari bilan munosabat o‘rnatishi, kommunikativ faoliyati, emotsional holati va ijtimoiy faolligining shakllanishidagi o‘ziga xos jihatlar ochib berilgan.

Shuningdek, ijtimoiy moslashuv jarayonida nutq rivojlanishi, oilaviy muhit, pedagogik yondashuv hamda inklyuziv ta’limning ahamiyati tahlil etilgan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda uchraydigan kommunikativ qiyinchiliklar, ijtimoiy to‘siqlar va psixologik omillar ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Maqolada korrektsion-pedagogik ishlar hamda surdopedagogik yondashuvlarning bolalarni jamiyatga muvaffaqiyatli moslashtirishdagi roli alohida ta’kidlangan.

Tadqiqot davomida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini samarali tashkil etishda individual yondashuv, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish va erta pedagogik yordam muhim omil ekanligi qayd etilgan. Mazkur maqola maxsus pedagogika, surdopedagogika va inklyuziv ta’lim yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, pedagoglar hamda tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Downloads
Download data is not yet available.
References

1.Айтметова С.Р. Surdopedagogika asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.

2.Пулатова Д.М. Maxsus pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.

3.Боскис Р.М. Глухие и слабослышащие дети. – Москва: Просвещение, 1988.

4.Выготский Л.С. Основы дефектологии. – Санкт-Петербург: Лань, 2003.

5.Леонгард Э.И. Развитие речи детей с нарушением слуха. – Москва: Просвещение, 2001.

6.Назарова Н.М. Специальная педагогика. – Москва: Академия, 2010.

7.Малофеев Н.Н. Специальное образование в России и за рубежом. – Москва: Печатный двор, 2012.

8.Соловьев И.М. Психология познавательной деятельности нормальных и аномальных детей. – Москва: Просвещение, 1966.

9.Шматко Н.Д. Дети с нарушением слуха. – Москва: Просвещение, 2004.

10.Богданова Т.Г. Сурдопсихология. – Москва: Академия, 2002.

Cover Image
Downloads
Published
2026-05-14
Section
Articles