QIZILO’NGACHNING NORMAL MORFOLOGIYASI VA UNING YOSHGA DOIR XUSUSIYATLARI

Authors
  • Radjabov Axtam Boltayevich

    Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, O‘zbekiston, Buxoro sh. A. Navoiy kochasi

    Author

  • Sharipova Shaxnoza Ozod qizi

    Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, O‘zbekiston, Buxoro sh. A. Navoiy kochasi

    Author

Keywords:
Array
Abstract

 Shilliq parda epiteliysi ko‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliydan iborat. Keksalik davrida uning yuzaki hujayralari qisman muguzlanishga uchrashi mumkin. Epitelial qatlam tarkibida 20–25 qavat hujayralar mavjud bo‘ladi. Unda, shuningdek, intraepitelial limfotsitlar va antigen taqdim etuvchi dendrit hujayralar ham uchraydi. Shilliq pardaning xususiy plastinkasi bo‘sh tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, u epiteliy ichiga baland so‘rg‘ichlar shaklida kirib boradi. Mazkur qavatda limfotsitlar to‘plami, limfa tugunchalari hamda qizilo‘ngach kardial bezlarining oxirgi bo‘limlari joylashadi. Bu bezlar oshqozonning kardial bezlariga o‘xshash bo‘lib, oddiy tarmoqlangan naychasimon tuzilishga ega. Ularning oxirgi bo‘limlarida mutsin ishlab chiqaruvchi hujayralar, pariyetal hujayralar hamda serotonin sintezlovchi endokrin ЕС- va ECL-hujayralar uchraydi.

References

12

Cover Image
Downloads
Published
2026-05-05
Section
Articles