O‘SIMLIKLARNI ZARARKUNANDA VA KASALLIKLARDAN BIOLOGIK HIMOYA QILISH

Authors
  • Berdikulov Khudoyshukur

    PhD, Lecturer at the Department of Biology Jizzakh State Pedagogical University, Uzbekistan

    Author

  • Tursunkulova Ozoda Bakhtiyor kizi

    Jizzakh State Pedagogical University, student.

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda o‘simliklarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan integratsiyalashgan himoya qilish tizimini shakllantirish va rivojlantirish masalalari o‘rganilgan. Jahonda qishloq xo‘jaligi hosilining 30–50 % gacha qismi zararli organizmlar ta’sirida yo‘qotilayotgani FAO ma’lumotlari asosida ta’kidlangan. Maqolada 2000-yil va 2023-yilda qabul qilingan “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar, 2017–2021-yillar Harakatlar strategiyasi hamda Surxondaryo viloyati misolida hududiy xususiyatlar tahlil qilingan.

1980-yillardan boshlab akademik S.N. Alimuxamedov, professor Sh.T. Xodjayev, X.X. Kimsanboyev va boshqa olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar asosida integratsiyalashgan himoya tizimining nazariy asoslari va zamonaviy biologik vositalar (Trixodermin, Sporagin, Prestij va boshqalar), dron texnologiyalari hamda innovatsion usullar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari biologik usullarga asoslangan integratsiyalashgan himoya tizimi ekologik toza mahsulot yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent, 2000.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. – Toshkent: “Adolat”, 2017.

3. O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-877-son, 2023-yil 9-noyabr). – Toshkent, 2023.

4. Pospelov S.M. va boshqalar. O‘simliklarni himoya qilish. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1978.

5. Toucan Solutions. Insects: Pests and Their Management [Internet]. [cited 2026]. Available from: https://www.toucansolutions.com/pat/insects.html

6. The Franklin Institute. Hotlist: Insects [Internet]. [cited 2026]. Available from: https://www.fi.edu/tfi/hotlists/insects.html

Cover Image
Downloads
Published
2026-05-06
Section
Articles