TOSHKENT VILOYATINING LANDSHAFT XILLARIDA SHAMOL TEZLIGINING BALANDLIK BO‘YICHA TASNIFLANISHI HAMDA UNING GEOEKOLOGIK TA’SIRI

Authors
  • Sharipov Shavkat Muhamajonovich

    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Geografiya va GIS fakulteti dekani, professor

    Author

  • Samatova Nafisa Rustamovna

    Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada Toshkent viloyatida ajratilgan 50 ta landshaft xili doirasida shamol tezligining balandlik bo‘yicha fazoviy differensiallashuvi va uning landshaft jarayonlariga ehtimoliy geoekologik ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda Toshkent viloyati landshaft kartasi, landshaft xillarining tabiiy geografik tavsiflari hamda Global Wind Atlasning yer yuzasidan 10, 50, 100 va 150 m balandliklarga tegishli o‘rtacha shamol tezligi rasterlaridan foydalanilgan. ArcGIS Pro dasturida rasterlar viloyat chegarasi bo‘yicha ajratilib, 50 ta landshaft xili konturlari bilan ustma-ust tahlil qilingan. Kartografik tahlilda shamol rejimining tog‘oldi tekisliklari, past tog‘lar, o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar, baland tog‘ va glyatsial-nival landshaftlar orasida sezilarli farqlanishi kuzatildi. Ochiq suvayirg‘ichlar, cho‘qqilar va shamol oqimiga qaragan yonbag‘irlarda shamol ta’siri kuchayishi, yopiq vodiylar, o‘rmon-butazorlar va relyef bilan to‘silgan hududlarda esa uning pasayishi aniqlandi. Shamolning tekislik va adir landshaftlarida deflyatsiya, tuproq namligining kamayishi hamda sug‘orish suvining bug‘lanishini kuchaytirishi, tog‘ landshaftlarida esa qorning qayta taqsimlanishi, ochiq jinslar va nurash mahsulotlarining ko‘chirilishiga ta’sir qilishi asoslandi. Kon, karyer va ag‘darmalar tarqalgan landshaftlarda kuchli shamol chang va mayda zarrachalarning ikkilamchi tarqalish xavfini oshiruvchi omil sifatida baholandi. Natijalar shamol eroziyasi xavfini landshaft xillari kesimida baholash, himoya daraxtzorlarini joylashtirish va buzilgan yerlarni qayta tiklash tadbirlarini hududiy differensiallashtirish uchun xizmat qiladi.

References

1.Samatova N.R. Toshkent viloyati buzilgan yerlarini qayta tiklashda landshaft yondashuvini qo‘llash: geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. -Toshkent, 2026. -151 b.

2.Sharipov Sh.M. Toshkent viloyati tabiiy geografik sharoitlari va ekologik muammolari. -Toshkent: TDPU, 2022.

3.Sharipov Sh.M. Toshkent viloyatining landshaft kartasi. -Toshkent, 2022.

4.Rafiqov N. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. -Toshkent: Universitet nashriyoti, 2003.

5.Zaynutdinov A. Toshkent viloyati relyefi va tabiiy jarayonlari. -Toshkent: Fan, 1980.

6.Skvortsov Yu.A. Toshkent viloyati geomorfologiyasi. -Toshkent: Fan, 1962.

7.Davis N.N., Badger J., Hahmann A.N. va boshq. The Global Wind Atlas: A high-resolution dataset of climatologies and associated web-based application // Bulletin of the American Meteorological Society. -2023. -Vol. 104, No. 8. -P. E1507–E1525. DOI: 10.1175/BAMS-D-21-0075.1.

8.Lal R. Soil degradation by erosion // Land Degradation & Development. -2001. -Vol. 12, No. 6. -P. 519–539.

9.Poesen J. Soil erosion in the Anthropocene: Research needs // Earth Surface Processes and Landforms. -2017. -Vol. 43, No. 1. -P. 64–84.

10.Grismer M.E. Soil restoration and erosion control: Quantitative assessment and direction // Transactions of the ASABE. -2007. -Vol. 50, No. 5. -P. 1619–1626.

11.Kimmell L.B., Duniway M.C., Hoover D.L., Belnap J., Field J.P. Soil restoration increases soil health across global drylands // Journal of Applied Ecology. -2023. -Vol. 60, No. 9. -P. 2041–2053.

12.Song J., Liu J., Zhang Y., Wang R., Chen Y. Ecological restoration enhances dryland carbon stock by reducing wind-erosion losses // Proceedings of the National Academy of Sciences. -2024. -Vol. 121, No. 40.

13.Gann G.D., McDonald T., Walder B. va boshq. International principles and standards for the practice of ecological restoration // Restoration Ecology. -2019. -Vol. 27, Supplement 1. -P. S1–S46.

14.FAO. Sustainable Land Management in Practice: Guidelines and Best Practices. -Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2015.

15.Shao Y. Physics and Modelling of Wind Erosion. 2nd ed. -Berlin–Heidelberg: Springer, 2008.

Cover Image
Downloads
Published
2026-08-03
Section
Articles