SANOATDA QAYTA ISHLASH VA BOSHQARUV SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISHNING IQTISODIY-STATISTIK TAHLILI (IPAK SANOATI MISOLIDA)
- Authors
-
-
Atabayev Izzatbek Xayitbay o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
maqolada O‘zbekiston ipak sanoatida qayta ishlash zanjirini chuqurlashtirish va tarmoq boshqaruvi siyosatini takomillashtirish masalalari 2017-2025-yillarning amaldagi rasmiy statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda dinamik qatorlar, o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati, variatsion, korrelyatsion va regression tahlil usullaridan foydalanilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, tirik pilla yetishtirish 2,40 barobar, xom ipak ishlab chiqarish 6,07 barobar, eksport hajmi 2,82 barobar, bandlik esa 4,68 barobar oshgan. Ayni paytda pilladan xom ipak chiqishi koeffitsienti 2018-yildan buyon 10,2-11,0 foiz oralig‘ida (variatsiya koeffitsienti 2,2 foiz) turg‘unlashgan, bir tonna xomashyoga to‘g‘ri keladigan eksport tushumi esa atigi 1,17 barobarga, ya’ni yillik 2,0 foizga o‘sgan va yuqori darajada beqaror (variatsiya koeffitsienti 24,4 foiz, trend determinatsiyasi R² = 0,005). Tadqiqot natijasida tarmoq boshqaruvida tartibga soluvchi va xo‘jalik yurituvchi funksiyalarni ajratish, sifatga bog‘langan narx shakllantirish tizimini joriy etish, soliq imtiyozlari va investitsiyalarni natijaviy ko‘rsatkichlarga bog‘lash hamda yagona raqamli monitoring tizimini yaratish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
- References
-
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2856 sonli qarori. - https://president.uz/oz/lists/view/364
2.Ipakchilik sohasining bozor tamoyillariga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lumot. - Spot.uz, 2024-yil.
3.Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimoti. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati, 2026-yil 17-fevral. - https://president.uz/oz/lists/view/8950
4.“Xom ipak sifatiga taʼsir etuvchi omillar va resurstejamkor texnologiyalar” mavzusidagi ilmiy ish (dissertatsiya / tadqiqot) Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Ipak texnologiyasi” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Islambekova Nigora Murtazayevna va uning shogirdlari (jumladan, S. Xatmullina, S. Xaydarov va boshqalar) tomonidan olib borilgan yirik ilmiy tadqiqotlar
5.Pillachilik sohasining 2017-2025-yillar bo‘yicha ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot. - T.: “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi.
6.Pillachilik bilan shug‘ullanuvchilarga soliq imtiyozlari va subsidiyalar berilishi to‘g‘risida. - Gazeta.uz, 2026-yil 10-mart.
7.Pilla yetishtirish serdaromad sohaga aylanmoqda: Farg‘ona viloyati amaliyoti. - UzA, 2026-yil.
8.O‘zbekiston ipak va ipak mahsulotlari eksporti bo‘yicha ma’lumot. - O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. - https://stat.uz/
9.Gereffi G., Humphrey J., Sturgeon T. The governance of global value chains // Review of International Political Economy. - 2005. - Vol. 12, No. 1. - P. 78-104.
10.Rodrik D. Normalizing Industrial Policy. - Washington: World Bank, 2008. - 42 p.
11.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy veb-sayti: https://stat.uz/
- Downloads
- Published
- 2026-08-28
- Section
- Articles