NKMK AJ DA INNOVATSION JARAYONLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
- Authors
-
-
Maxkamova Shaxruza Bahodir qizi
Toshkent davlat texnika universiteti, tayanch doktoranti
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Mazkur maqolada O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoatining yirik korxonalaridan biri hisoblangan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda innovatsion jarayonlarning amaldagi holati va ularni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Innovatsion jarayonlarning korxona ishlab chiqarish va moliyaviy natijalariga ta’siri tizimli hamda iqtisodiy tahlil asosida baholangan. NKMK AJning 2020–2024-yillardagi ishlab chiqarish, investitsiya, mahsulot tannarxini kamaytirish, mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi, sof tushum, sof foyda va sotuvlar rentabelligi ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tahlil natijalari korxonada texnologik yangilanish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, mahalliylashtirish va ekologik yo‘naltirilgan innovatsiyalarni rivojlantirish uchun muayyan iqtisodiy asos shakllanganligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, innovatsion loyihalarni strategik maqsadlar bilan uyg‘unlashtirish, resurslarni innovatsion ustuvorliklarga muvofiq yo‘naltirish, raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, ekologik samaradorlikni baholash hamda innovatsion loyihalar natijalarini muntazam monitoring qilish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Maqolada NKMK AJda innovatsion jarayonlarni takomillashtirishning texnologik-modernizatsion, investitsion, raqamli, resurs-tejamkor, ekologik va tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlari ilmiy jihatdan asoslangan.
- References
-
1.Schumpeter J.A. The Theory of Economic Development. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1934.
2.Drucker P.F. Innovation and Entrepreneurship: Practice and Principles. – New York: Harper & Row, 1985.
3.Freeman C. The Economics of Industrial Innovation. – London: Frances Pinter, 1974.
4.Chesbrough H.W. Open Innovation: The New Imperative for Creating and Profiting from Technology. – Boston: Harvard Business School Press, 2003.
5.Tidd J., Bessant J. Managing Innovation: Integrating Technological, Market and Organizational Change. – Chichester: John Wiley & Sons, 2013.
6.Maxmudov N.M. Sanoat tarmoqlarida resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2017. – 220 b.
7.Maxkamova M.A. Korxona faoliyatining texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash usullari. – Toshkent: Innovatsiya, 2019. – 198 b.
8.Maxkamova Sh.B. Innovation Processes in Metallurgical Enterprises of Uzbekistan // American Journal of Economics and Business Management. – 2025. – Vol. 8, No. 12. – P. 6502–6508.
9.Makhkamova Sh.B. A methodological framework for assessing the efficiency of green innovations in metallurgical enterprises: evidence from NKMK JSC // Muhandislik & iqtisodiyot. – 2026. – June.
10.Maxkamova Sh.B. Sanoat korxonalarida texnologik yangilanish va modernizatsiyani ta’minlovchi innovatsion mexanizmlar. – Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – 2025.
- Downloads
- Published
- 2026-09-08
- Section
- Articles