BIOTEXNOLOGIK USULDA YETISHTIRILGAN MAKROFITLAR VA ZOOPLANKTON ORGANIZMLAR ASOSIDA “FITOZOOPROTEIN” BALIQ OZUQASINI BALIQCHILIKDA QO‘LLASHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI
- Authors
-
-
Raximov Jonibek Rashitovich
Buxoro davlat pedagogika instituti, Biologiya va geografiya kafedrasi o‘qituvchisi.b.f.f.d.,(PhD)
Author
-
Sadullayeva Dilnura Salohiddinovna
Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi
Author
-
- Abstract
-
Mazkur tadqiqotning maqsadi biotexnologik usulda tayyorlangan “Fitozooprotein” ozuqasining oq amur (Ctenopharyngodon idella) va chipor do‘ngpeshona (Hypophthalmichthys nobilis) lichinkalarining o‘sishi, rivojlanishi va yashovchanligiga ta’sirini baholashdan iborat. Tadqiqot Xadicha ko‘li ekotizimi sharoitida mavjud biologik resurslardan samarali foydalanish hamda baliq lichinkalarini oziqlantirish uchun muqobil ozuqa bazasini shakllantirishga yo‘naltirildi. Tajribada har biriga 100 000 tadan lichinka joylashtirilgan nazorat va tajriba hovuzlaridan foydalanildi. Nazorat guruhidagi lichinkalar “BDK” ozuqasi, tajriba guruhidagi lichinkalar esa “Fitozooprotein” ozuqasi hamda Brachionus calyciflorus va Daphnia magna zooplanktonlarining ho‘l biomassasi bilan oziqlantirildi. Lichinkalarning tana og‘irligi va o‘sish ko‘rsatkichlari 4, 7, 10, 15, 20, 25, 30, 35, 40 va 45 kunlik bosqichlarda monitoring qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 45-kunlik davrda “Fitozooprotein” bilan oziqlantirilgan chipor do‘ngpeshona lichinkalarining o‘rtacha massasi 3,142±0,06 g, oq amur lichinkalarining massasi esa 2,152±0,06 g ni tashkil etdi. Nazorat guruhida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 2,539±0,06 va 1,814±0,06 g bo‘lgan. Shuningdek, tajriba variantida baliqchalar soni va umumiy biomassaning yuqoriroq ko‘rsatkichlari qayd etildi. Olingan natijalar “Fitozooprotein” ozuqasini karpsimon baliqlar lichinkalarini yetishtirishda qo‘llash imkoniyatini ko‘rsatadi.
- References
-
1.Abdinazarov X.X., Madumarov M.J., Kuzmetov A.R., Kuchboyev A.E., Aripov N.X. Baliqchilik xo‘jaliklarida tabiiy ozuqa–Dafniya yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar // Qo‘qon. – 2020. – B. 21.
2.Husenov S.Q., Niyazov D.S. Baliqchilik / S.Q. Husenov, D.S. Niyazov. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2013. – 336 b.
3.Kamilov B.G., Karimov B.K. Baliq biologiyasi va akvakultura: o‘quv qo‘llanma / B.G. Kamilov, B.K. Karimov. – Toshkent: Talqin, 2015. 158– b.
4.Karimov A.A., Ismailova D.D. O‘zbekiston suv havzalarida planktonning biologik xilma-xilligi va ularning baliq ozuqasi sifatida ahamiyati // O‘zbekiston biologiya jurnali. – 2019. – №3. – B. 44–52
5.Hubbs C.L., Lagler K.F. Fishes of the Great Lakes Region. – Bloomfield Hills, Michigan: Cranbrook Institute of Science, 1947. – 186 p.
6.Ricker W.E. Methods for Assessment of Fish Production in Fresh Waters. 2nd ed. – Oxford: Blackwell Scientific Publications for the International Biological Programme, 1971. – 348 p.
7.Tacon A.G.J. The Nutrition and Feeding of Farmed Fish and Shrimp: A Training Manual. – Brasília: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 1988.
- Downloads
- Published
- 2026-09-20
- Section
- Articles