SISTEMALI QIZIL BO‘RICHADA KOMPLEMENT TIZIMINI NISHONGA OLUVCHI TERAPIYALARNING ISTIQBOLLARI

Authors
  • Xushimov Abbos Anvar o‘g‘li

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti  Pediatriya fakulteti talabasi

    Author

  • To‘rayev Shamshod Jumanazar o‘g‘li

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti  Pediatriya fakulteti talabasi

    Author

  • G’aybullayev Ubaydullo Lutfullo o‘g‘li

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti  Pediatriya fakulteti talabasi

    Author

  • Isoqov Javohir Nizomiddinovich

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti  Davolash ishi fakulteti talabasi

    Author

  • Nizomov Baxtiyor Uroqovich

    Ilmiy rahbar: Samarqand davlat tibbiyot universiteti  Ichki kasalliklar kafedrasi assistenti

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Sistemali qizil bo‘richa autoimmun kasallik bo‘lib, turli organlar va to‘qimalarda surunkali yallig‘lanish bilan kechadi. Kasallik patogenezida komplement tizimining ro‘li ikki tomonlama xususiyatga ega. Bir tomondan komplement komponentlarining irsiy yetishmovchiligi qizil bo‘richa rivojlanishiga moyillik tug‘dirsa, ikkinchi tomondan komplement tizimining haddan tashqari faollashuvi to‘qima shikastlanishiga olib keladi. Ushbu maqolada sistemali qizil bo‘richada komplement tizimini nishonga oluvchi terapiya usullarining hozirgi holati va istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda komplement kaskadining turli bosqichlariga ta’sir qiluvchi monoklonal antikorlar, kichik molekulali ingibitorlar va gen terapiyasi yondashuvlari ko‘rib chiqildi. C5 ingibitorlari, C5a retseptor antagonistlari, MASP-2 ingibitorlari va C3 ingibitorlari kabi preparatlar sinovdan o‘tmoqda. Klinik tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, komplementni nishonga oluvchi terapiyalar qizil bo‘richa bilan og‘rigan bemorlarda kasallik faolligini pasaytirish va organ shikastlanishini kamaytirishda istiqbolli natijalar bermoqda. Biroq bu terapiyalarning xavfsizligi, samaradorligi va uzoq muddatli ta’sirini to‘liq baholash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.

References

1.Усанова А.А. и др. Клиническая ревматология: учебное пособие / Под ред. А.А. Усановой. – М.: ГЭОТАР-Медиа, 2026. – 424 с.

2.Окороков А.Н. Диагностика ревматических и системных заболеваний соединительной ткани: учебное пособие для СПО. – М.: Медицинская литература, Профобразование, 2026.

3.Шостак Н.А. и др. Ревматология: подагра: учебное пособие для вузов. – 2-е изд. – М.: Юрайт, 2025. – 103 с.

4.Mikrobiologiya, Immunologiya, Virusologiya: darslik. – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr etilgan. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun.

5.Shaxmurova G.A., Egamberdiyeva L.N. Immunologiya: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2017.

Cover Image
Downloads
Published
2026-09-20
Section
Articles