O‘ZBEKISTON YAYLOV HUDUDLARIDA SHO‘RLANISH JARAYONLARINING TARQALISHI

Authors
  • N.Yakubjonova

    Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

    Author

  • G.Takayeva

    Yaylov ekologiyasi va menejmenti yo‘nalishi magistri

    Author

Keywords:
Array
Abstract

O‘zbekiston hududidagi yaylovlar tabiiy resurslardan foydalanish va chorvachilikni rivojlantirishda muhim ekologik va iqtisodiy ahamiyatga ega. Qurg‘oqchil iqlim sharoiti, yuqori bug‘lanish, grunt suvlarining minerallashuvi hamda antropogen bosim ta’sirida yaylov tuproqlarida sho‘rlanish jarayonlari kuchayib bormoqda. Mazkur maqolada O‘zbekiston yaylov hududlarida sho‘rlanish jarayonlarining tarqalish xususiyatlari, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi tabiiy va antropogen omillar hamda yaylov ekotizimlarining ekologik holatiga ta’siri tahlil qilingan. Sho‘rlanishning tuproq xususiyatlari, o‘simlik qoplami va yaylov mahsuldorligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari yaylovlardan oqilona foydalanish, degradatsiya jarayonlarini kamaytirish va sho‘rlangan hududlarning ekologik holatini monitoring qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

References

1.Akramkhanov A., Brus D.J., Walvoort D.J.J. Geostatistical monitoring of soil salinity in Uzbekistan by repeated EMI surveys // Geoderma. – 2014. – Vol. 213. – P. 600–607. – DOI: 10.1016/j.geoderma.2013.07.033.

2.Abdiev Z., Abdullayev D., Karabaev A. et al. Soil salinization and desertification dynamics in the cotton-growing regions of Uzbekistan: mitigation approaches // Brazilian Journal of Biology. – 2025.

3.Land degradation in Uzbekistan: key challenges and sustainable solutions // Frontiers in Sustainable Food Systems. – 2025.

4.Ibrakhimov M., Khamzina A., Forkutsa I., Paluasheva G., Lamers J.P.A., Tischbein B., Vlek P.L.G., Martius C. Groundwater dynamics and salinity over 17 years in Khorezm, Uzbekistan // Agricultural Water Management. – 2011. – Vol. 101. – P. 1–13.

5.Akhmedov K., Kuziev R., Sektimenko V. Soils of Uzbekistan. – Tashkent: Fan, 2004.

6.Atoeva D.O. Linking Ionic Composition to Salinity-Driven Soil Degradation in Arid Agroecosystems of Uzbekistan // American Journal of Biology and Natural Sciences. – 2026. – Vol. 3, No. 6. – P. 79–87.

7.Bobaeva A. Significance (Aeluropus littoralis) in improving saline desert pastures // ACTA NUUz. – 2026. – Vol. 3, No. 3.2. – P. 16–18. – DOI: 10.69617/nuuz.v3i3.2.12629.

8.Akzhigitova N.I. Galofitnaya rastitelnost Sredney Azii i ee indikatsionnye svoystva. – Tashkent, 1982. – 190 s.

9.Bekchanov B., Mukimov T., Bobaeva A. Sho‘rlangan yer va sho‘r suv manbalaridan foydalanib chorva uchun ozuqa yetishtirish // Yer resurslarni integratsiyalashgan boshqarishda fan va innovasion texnologiyalar: Respublika ilmiy-amaliy seminar materiallari. – Toshkent, 2015. – B. 435–437.

10.FAO. FAO and Uzbekistan launch initiative to combat land degradation. – Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2025.

Cover Image
Downloads
Published
2026-09-22
Section
Articles