DAVLAT KORXONALARINING IPO ORQALI XUSUSIYLASHTIRISH LOYIHALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH
- Authors
-
-
Muminova Yulduz Suyun qizi
Bank Moliya Akademiyasi, Moliya va moliyaviy texnologiyalar fakulteti, Loyiha boshqaruvi
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Mazkur maqolada davlat korxonalarini IPO orqali xususiylashtirish loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda davlat korxonalarini xususiylashtirishning kapital bozori rivojiga, korxonalarning moliyaviy shaffofligiga, korporativ boshqaruv sifatiga, investitsiyalarni jalb etishga hamda davlat aktivlaridan foydalanish samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, statistik tahlil, moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholash va amaliy keys-tahlil usullaridan foydalanilgan. “Toshkent” Respublika fond birjasi ma’lumotlari asosida O’Zrtxb AJ SPOsi hamda UzNIF AJ IPOsi misolida amaliy natijalar va bozor faolligi tahlil qilingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, davlat korxonalarini ommaviy taklif orqali xususiylashtirish samaradorligini faqat aksiyalarni sotishdan tushgan mablag‘ bilan emas, balki investorlar talabi, korporativ boshqaruv, moliyaviy shaffoflik, bozor likvidligi va korxonaning keyingi faoliyat natijalari bilan kompleks baholash zarurligi asoslangan. Maqolada IPO loyihalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
- References
-
1.Chinqulov, Q. (2025) «DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH: RUMINIYA TAJRIBASI, O ‘ZBEKISTONDA QO ‘LLASH IMKONIYATLARI», FINANCE, MONEY AND CREDIT, 5, сс. 372–380. Доступно на: https://mpkjournal.com/index.php/MPK/article/view/125 (Просмотрено: 8 февраль 2026 г.).
2.Mamatmurodov, A. (2025a) «O ‘ZBEKISTON FOND BOZORIDA IPO AMALIYOTI TAHLILI», FINANCE, MONEY AND CREDIT, 4, сс. 62–66. Доступно на: https://mpkjournal.com/index.php/MPK/article/view/46 (Просмотрено: 8 февраль 2026 г.).
3.Teoh S. H., Welch I., Wong T. J. Earnings Management and the Long-Run Market Performance of Initial Public Offerings. // The Journal of Finance. – 1998. – Vol. 53. – P. 1935–1974.
4.“Toshkent” Respublika fond birjasi. IPO, SPO va boshqa ommaviy joylashtirishlar bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar. – 2026.
5.“Toshkent” Respublika fond birjasi. O‘zRTXB AJ SPOsi bo‘yicha birja sharhi. – 2024.
- Downloads
- Published
- 2026-09-25
- Section
- Articles