QOLDIQ SIYDIK — PROSTATA BEZI YAXSHI SIFATLI GIPERPLAZIYASI PROGRESSIYASINING PREDIKTORI
- Authors
-
-
Muhammadjonov Komron Matkarim o‘g‘li
Central Asian Medical University, Urologiya yo‘nalishi klinik ordinatori
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Prostata bezi yaxshi sifatli giperplaziyasi (PBYSG) keksa va keksa yoshdagi erkaklarda uchraydigan, siydik chiqarishning pastki yo‘llari simptomlari bilan namoyon bo‘luvchi keng tarqalgan urologik kasalliklardan biridir. Kasallikning progressiyasi siydik pufagida qoldiq siydik hajmining ortishi, o‘tkir siydik tutilishi va jarrohlik davolashga ehtiyojning yuzaga kelishi bilan kechishi mumkin. Qoldiq siydik hajmini aniqlash PBYSG kechishini baholash va kasallik progressiyasi xavfini prognozlashda muhim klinik ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Maqsad: PBYSG bilan og‘rigan bemorlarda qoldiq siydik hajmining kasallik progressiyasi bilan bog‘liqligini baholash va uning prognostik ahamiyatini aniqlash. Material va usullar: Tadqiqotda PBYSG tashxisi qo‘yilgan bemorlarning klinik-anamnestik ma’lumotlari, pastki siydik yo‘llari simptomlari, prostata hajmi, maksimal siydik oqimi tezligi va qoldiq siydik hajmi tahlil qilindi. Qoldiq siydik ultratovush tekshiruvi yordamida baholandi. Natijalar: Qoldiq siydik hajmining ortishi PBYSG klinik kechishining og‘irlashishi va kasallik progressiyasi xavfining oshishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Xulosa: Qoldiq siydik hajmi PBYSG progressiyasini baholashda muhim prognostik ko‘rsatkich bo‘lib, bemorlarni dinamik kuzatish va davolash taktikasini tanlashda qo‘llanilishi mumkin.
- References
-
Barry M.J., Fowler F.J., O'Leary M.P. et al. The American Urological Association symptom index for benign prostatic hyperplasia. Journal of Urology.
European Association of Urology. EAU Guidelines on the Management of Non-neurogenic Male Lower Urinary Tract Symptoms (LUTS), incl. Benign Prostatic Obstruction (BPO). Arnhem: EAU Guidelines Office.
Gravas S., Cornu J.N., Gacci M. et al. Management of non-neurogenic male lower urinary tract symptoms. European Association of Urology Guidelines.
McVary K.T., Roehrborn C.G., Avins A.L. et al. Update on AUA guideline on the management of benign prostatic hyperplasia. Journal of Urology.
Oelke M., Bachmann A., Descazeaud A. et al. EAU guidelines on the assessment of non-neurogenic male lower urinary tract symptoms including benign prostatic obstruction. European Urology.
Roehrborn C.G. Pathology of benign prostatic hyperplasia. International Journal of Impotence Research.
Speakman M., Kirby R., Doyle S., Ioannou C. Burden of male lower urinary tract symptoms. European Urology Supplements.
- Downloads
- Published
- 2026-09-27
- Section
- Articles