EKIPAJSIZ TRANSPORT VOSITALARNING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Authors
  • Shermatov Alisher Anarbayevich

    Jamoat havfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada ekipajsiz transport vositalarining (uchuvchisiz uchish apparatlari - UUA, ekipajsiz quruqlik vositalari – EQV, ekipajsiz suzuvchi vositalar - ESV) zamonaviy texnologik imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqotda ochiq manbalar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari va ilmiy sharhlar o‘rganilgan. Natijada, ushbu vositalarning asosiy afzalligi xavfli vazifalarni inson ishtirokisiz bajarish, cheklovlari esa aloqa, kiberxavfsizlik va energetik ta’minot ekanligi asoslandi. Kelajakda ular turli muhitlarda (havo, quruqlik, suv yuzasi, suv osti) faoliyat yurituvchi ekipajsiz vositalarning yagona tarmoqqa birlashgan, o‘zaro ma’lumot almashadigan va sun’iy intellekt yordamida birgalikda qaror qabul qiladigan murakkab tizimga aylanishi prognoz qilindi.

References

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qurolsizlanish bo‘yicha tadqiqotlar instituti (UNIDIR). Uchuvchisiz havo, quruqlik va dengiz tizimlari: To‘plam. Jeneva: UNIDIR, 2023. URL: https://unidir.org/publication/uncrewed-aerial-ground-and-maritime-systems-a-compendium/

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qurolsizlanish bo‘yicha tadqiqotlar instituti (UNIDIR). Uchuvchisiz dengiz tizimlari: Qo‘llanma. Jeneva: UNIDIR, 2022. URL: https://unidir.org/files/2022-10/CAAP_UMS_Primer_Report_V04.pdf

Yevropa Parlamenti va Yevropa Ittifoqi Kengashi. 2021-yil 20-maydagi 2021/821-sonli Nizomi: Ikki maqsadli buyumlarni eksport qilish, vositachilik, texnik yordam, tranzit va uzatish ustidan Ittifoq nazorati rejimini joriy etish to‘g‘risida. Yevropa Ittifoqi rasmiy byulleteni, 2021. URL: https://eur-lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/?uri=CELEX:32021R0821

Yevropol. Uchuvchisiz kelajak(lar): Uchuvchisiz tizimlar va ularning xavfsizlikka ta’siri. Gaaga: Yevropol, 2025. URL: https://www.europol.europa.eu/cms/sites/default/files/documents/The-Unmanned-Future-Report.pdf

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-08
Section
Articles