ARPA SELEKSIYASI UCHUN BOSHLANG‘ICH ASHYO YARATISHNING ILMIY ASOSLARI: O‘ZBEKISTON SHAROITIDA ADABIYOTLAR TAHLILI
- Authors
-
-
Ruziyev Temur Utkirovich
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti magistranti
Author
-
G‘offorova Gavhar Buriyevna
Samarqand Agroinovatsialar va tadqiqotlar inistituti tayanch doktoranti
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Ushbu tezisda arpa (Hordeum vulgare L.) seleksiyasida boshlang‘ich ashyo yaratishning ilmiy asoslari va zamonaviy yondashuvlari adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Arpa genetik resurslari, mahalliy nav va populyatsiyalar, introduksiya qilingan namunalar, landraslar hamda yovvoyi qarindoshlarning seleksiya uchun ahamiyati yoritildi. Shuningdek, duragaylash, individual va guruhli tanlash, introgressiv seleksiya, genetik resurslarni baholash hamda molekulyar-genetik usullardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston sharoitida qurg‘oqchilik, yuqori harorat, tuproq sho‘rlanishi va suv taqchilligi kabi omillar arpa seleksiyasida boshlang‘ich materialga qo‘yiladigan talablarni belgilashi asoslandi. Mahalliy sharoitda olib borilgan tadqiqotlarda turli arpa namunalarining hosildorlik, ertapisharlik, kasalliklarga va noqulay ekologik omillarga chidamlilik bo‘yicha farqlanishi istiqbolli genotiplarni tanlash uchun muhim manba bo‘lishi ko‘rsatildi. Adabiyotlar tahlili asosida O‘zbekiston sharoitiga mos, yuqori hosilli va stress omillariga chidamli yangi arpa navlarini yaratishda genetik jihatdan xilma-xil boshlang‘ich ashyo shakllantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi.
- References
-
Visioni A., Basile B., Amri A., Sanchez-Garcia M., Corrado G. Advancing the Conservation and Utilization of Barley Genetic Resources: Insights into Germplasm Management and Breeding for Sustainable Agriculture. Plants. 2023;12(18):3186.
Elakhdar A., Solanki S., Kubo T. et al. Barley with improved drought tolerance: Challenges and perspectives. Environmental and Experimental Botany.2022;201:104965.
L. et al. Wild and Traditional Barley Genomic Resources as a Tool for Abiotic Stress Tolerance and Biotic Relations. Agriculture. 2021;11:1102.
Barley landraces: Ecological heritage for edaphic stress adaptations and sustainable production. Journal of Agriculture and Food Research. 2020;6:100035.
Russell J. et al. Heritage genetics for adaptation to marginal soils in barley. 2023.
Marok A. et al. Contribution of functional genomics to identify the genetic basis of water-deficit tolerance in barley and the related molecular mechanisms. Journal of Agronomy and Crop Science. 2021.
Drought Stress Tolerance in Wheat and Barley: Advances in Physiology, Breeding and Genetics Research. 2019.
Czembor J.H. Barley Genetic Resources: Advancing Conservation and Applications for Breeding. Agronomy. 2023;13:2901.
Gaybullaev G., Tuygunov R., Lukova I., Absaitova Sh. Research on the selection of barley (Hordeum vulgare) for irrigated lands of the Republic of Uzbekistan. E3S Web of Conferences. 2023;462:02038.
Sarmanov Sh.Sh., Mirzaev N.F., Juraev X.M. Varieties and hybrids of barley and breeding work. Innovatsion texnologiyalar. 2024.
Akbarov A.K., Quyliev N.D. Selection of barley varieties and genotypes with high quality indicators. 2026.
Kholdorov A., Nurbekov A., Dustkulov U. et al. Comparative Assessment of Eight Barley Genotypes for Productivity in Rainfed Conditions of Uzbekistan. European Science Review. 2025.
Requirements for quality varieties of barley. Slib.uz. 2021.
Crossbreeding reveals the scale and genetic architecture of local adaptation in a predominantly selfing Hordeum spontaneum. Plant Diversity of Central Asia.
CRISPR/Cas9-mediated editing of key agronomic genes for enhanced barley yield and resilience in Uzbekistan. Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari konferensiya materiallari. 2025.
- Downloads
- Published
- 2026-10-09
- Section
- Articles