NON MAHSULOTLARINI PISHIRISHDA ISSIQLIK VA NAMLIK ALMASHINUVINI SONLI MODELLASHTIRISH HAMDA PISHIRISH REJIMINI ENERGIYA TEJAMKOR TANLASH

Authors
  • Zaripova Dildora Fatxuddinovna

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada non xamiri boʻlagida issiqlik va namlik almashinuvining tandir devori yoki pech podi bilan tutashgan (qoʻshma) bir oʻlchovli nostatsionar modeli taklif etilgan. Model kontakt, nurlanish va konveksiya orqali issiqlik uzatilishini, namlikning bugʻlanishini va qobiq hosil boʻlishini entalpiya usuli bilan hisobga oladi. Tandir devorining boshlangʻich harorati 260 dan 340 °C gacha oshirilganda pishish davomiyligi atigi 12 % ga qisqarishi, upek esa 9,4 dan 12,5 % gacha, mahsulotga berilgan issiqlik 400 dan 481 kJ/kg gacha ortishi aniqlandi. Qobiq sifati cheklovlarini hisobga olganda devorning maqbul harorati 280–300 °C. Konveyerli pechda zonali rejim (dastlabki 3 daqiqa 320 °C, keyin 230 °C) 270 °C li doimiy rejimga nisbatan xuddi shu unumdorlikda mahsulotga sarflanadigan issiqlikni 5,3 % ga, upekni 0,86 foiz punktga kamaytiradi.

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.

Mondal A., Datta A.K. Bread baking – A review // Journal of Food Engineering. – 2008. – Vol. 86, No. 4. – P. 465–474.

Ауэрман Л.Я. Технология хлебопекарного производства / под общ. ред. Л.И. Пучковой. – 9-е изд., перераб. и доп. – СПб.: Профессия, 2002. – 416 с.

Thorvaldsson K., Janestad H. A model for simultaneous heat, water and vapour diffusion // Journal of Food Engineering. – 1999. – Vol. 40, No. 3. – P. 167–172.

Zhang J., Datta A.K. Mathematical modeling of bread baking process // Journal of Food Engineering. – 2006. – Vol. 75, No. 1. – P. 78–89.

Purlis E., Salvadori V.O. Bread baking as a moving boundary problem. Part 1: Mathematical modelling // Journal of Food Engineering. – 2009. – Vol. 91, No. 3. – P. 428–433.

Purlis E. Bread baking: Technological considerations based on process modelling and simulation // Journal of Food Engineering. – 2011. – Vol. 103, No. 1. – P. 92–102.

Therdthai N., Zhou W., Adamczak T. Optimisation of the temperature profile in bread baking // Journal of Food Engineering. – 2002. – Vol. 55, No. 1. – P. 41–48.

Wong S.Y., Zhou W., Hua J. CFD modeling of an industrial continuous bread-baking process involving U-movement // Journal of Food Engineering. – 2007. – Vol. 78, No. 3. – P. 888–896.

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-12
Section
Articles