F.U. JUMAKULOVNING “MUKAMMAL KVADRAT” USULI VA UNING O‘RTA OSIYO TARIXIY ME’MORCHILIGIDAGI GEOMETRIK MUTANOSIBLIKNI TAHLIL QILISHDAGI AHAMIYATI
- Authors
-
-
Yuldasheva Bahora Rustamovna
SDTU Arxitektura kafedrasi o‘qituvchisi
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Maqolada F.U. Jumakulov tomonidan taklif etilgan “Mukammal kvadrat” usulining O‘rta Osiyo an’anaviy me’morchiligidagi geometrik mutanosiblikni tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi mazkur usulning asosiy tamoyillarini tavsiflash, 12 sm lik kvadrat modulining tarixiy me’moriy o‘lchamlarni tizimlashtirishdagi rolini dissertatsiyaning birinchi bobida keltirilgan misollar asosida tahlil qilishdan iborat. Material sifatida Somoniylar maqbarasi, Arab Ota maqbarasi, Shohi Zinda majmuasidagi sakkiz yoqli maqbara va Minorai Kalon haqidagi ma’lumotlardan foydalanildi. Tahlilda modulli-geometrik yondashuv, qiyosiy tahlil va proporsional munosabatlarni ko‘rib chiqish usullari qo‘llandi. Keltirilgan misollar 12 sm lik modul ayrim tarixiy inshootlarning o‘lchamlarini yagona analitik tizimda ifodalash imkonini berishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, modulga karrali o‘lchamlarning aniqlanishi tarixiy me’morlar aynan shu modulni ongli ravishda qo‘llaganini o‘z-o‘zidan isbotlamaydi. Usul tarixiy shakllarni izohlashga xizmat qiluvchi analitik model sifatida baholanishi va uning xulosalari mustaqil o‘lchov hamda tarixiy dalillar bilan tekshirilishi lozim.
- References
-
Bulatov M.S. Geometricheskaya garmonizatsiya v arxitekture Sredney Azii IX–XV vv. — Moskva: Nauka, 1988.
Zohidov P.Sh. Osnovy kanona garmonii v arxitekture. — Toshkent: Fan, 1982.
Kryukov K.S. Proportsii v arxitekture. — Toshkent, 1995.
Rempel L.I. Arxitekturnyy ornament Uzbekistana: istoriya razvitiya i teoriya postroeniya. — Toshkent, 1961.
Jumakulov F.U. O‘rta Osiyo an’anaviy arxitekturasi va shaharsozligining handasaviy uyg‘unlashtirish tamoyillarini o‘rganish va takomillashtirish: falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. — Samarqand.
- Downloads
- Published
- 2026-10-19
- Section
- Articles