SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH VA LOKALIZATSIYA QILISH TALABINING HUQUQIY MUAMMOLARI

Authors
  • Abdullayev Shahzod G'ofur o'gli

    Toshkent davlat yuridik universiteti, magistratura

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada raqamli muhitda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va ularni lokalizatsiya qilishning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning amaldagi tahriri hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 415-son qarori o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida biometrik, genetik va telekommunikatsiya foydalanuvchilariga oid ma’lumotlarni mamlakat hududida saqlash talabi saqlanib qolgani, boshqa ma’lumotlarni chet elda saqlash va ularga ishlov berish esa qonunda belgilangan muqobil kafolatlardan biri mavjud bo‘lganda mumkinligi aniqlanadi. Lokalizatsiya yurisdiksiyaviy nazoratni kuchaytiruvchi vosita bo‘lsa-da, axborot xavfsizligini o‘z-o‘zidan kafolatlamaydi. Shu sababli texnik himoya, mustaqil nazorat, samarali huquqiy himoya va mutanosib davlat aralashuvi bilan uyg‘un tizim zarurligi asoslanadi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel kuni referendumda qabul qilingan. 31-modda.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 26-martdagi O‘RQ-1125-son Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlar, 27¹-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 415-son “Shaxsga doir ma’lumotlar bir xil himoya qilinishini ta’minlovchi chet davlatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrdagi 217 A (III)-rezolyutsiyasi. 12-modda.

Bundesverfassungsgericht. Judgment of 15 December 1983, 1 BvR 209/83 (Census Act case / Volkszählungsurteil).

European Court of Human Rights, Grand Chamber. S. and Marper v. the United Kingdom, Applications nos. 30562/04 and 30566/04, Judgment of 4 December 2008.

DLA Piper. GDPR Fines and Data Breach Survey 2026. January 2026.

Raimov E., Abdumo‘minova S. O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunining huquqiy tahlili // Yurisprudensiya. 2026. 6-jild, 4-son. B. 57–62.

Cover Image
Downloads
Published
2026-11-10
Section
Articles