RAQAMLI PLATFORMALARDAGI “MEROS KONTAKTI” KO‘RSATMALARINING XALQARO XUSUSIY HUQUQDAGI KVALIFIKATSIYASI VA ULARGA QO‘LLANILADIGAN HUQUQ

Authors
  • Raximjanova Maryam Rustamjon qizi

    Toshkent davlat yuridik universtiteti magistrature bosqichi talabasi

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur maqolada Facebookning “Meros kontakti” (Legacy Contact), Googlening “Faol bo‘lmagan akkaunt menejeri” (Inactive Account Manager) hamda Applening “Raqamli meros” (Digital Legacy) xizmatlari orqali shaxs tomonidan vafotidan keyin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarning xalqaro xususiy huquqiy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, bunday ko‘rsatmalarning huquqiy tabiatini aniqlash, ularni vasiyat, platformadan foydalanish shartnomasi yoki shaxsiy ma’lumotlarga oid ko‘rsatma sifatida baholash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Muallif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1159, 1189, 1197 va 1198-moddalarini tahlil qilish asosida mazkur munosabatlarga nisbatan “aralash kvalifikatsiya” yondashuvini qo‘llashni taklif etadi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, ko‘rsatmaning huquqiy kuchi va amal qilishi meros statutiga, uning shakli hamda raqamli platforma tomonidan bajarilishiga oid masalalar esa tegishli mustaqil kollizion bog‘lovchilarga muvofiq aniqlanadi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining VI bo‘limiga kiritish uchun raqamli merosga oid munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus kollizion norma loyihasi ishlab chiqiladi.

References

1.O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. VI bo‘lim,

2.1158–1199-moddalar. Matn

3.Akramov A. Prospects for the development of legal regulation of digital inheritance in Uzbekistan // Ilm-Fan. 2025. 3(30). B. 7–10.

4.Raqamli aktivlarni meros qilib qoldirishning huquqiy muammolari: O‘zbekiston va xorij amaliyoti // Yurisprudensiya. 2026. 6(3). B. 93–101.

5.Rustambekov I. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro xususiy huquqni isloh qilish // Yuridik fanlar axborotnomasi. 2022. № 1.

6.Revised Uniform Fiduciary Access to Digital Assets Act (2015), § 4; masalan, Rhode Island General Laws § 33-27.1-4.

7.Loi n° 78-17 du 6 janvier 1978 relative à l’informatique, aux fichiers et aux libertés, art. 85; CNIL: Mort numérique.

8.BGH, Urteil vom 12.07.2018 – III ZR 183/17, NJW 2018, 3178. Sharh 8. Regulation (EU) No 650/2012 of 4 July 2012 on succession. Matn

9.Viarengo I., Re J. Managing cross-border «digital succession» in the digital era // EU and Comparative Law Issues and Challenges Series. Vol. 7.

10.Merchán Murillo A. La sucesión digital internacional y el Reglamento sucesorio europeo 650/2012 // AEDIPr. 2021. T. XXI. P. 327–357.

11.Edwards L., Harbinja E. What happens to my Facebook profile when I die? Legal issues around transmission of digital assets on death // CREATe Working Paper. 2013. No. 5.

12.Bonomi A. Successions internationales: conflits de lois et de juridictions // Recueil des Cours. 2011. Vol. 350.

Cover Image
Downloads
Published
2026-11-21
Section
Articles