DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNING HUQUQIY VA AMALIY SHAKLLARI: KONSESSIYA, QO‘SHMA KORXONALAR, DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH VA HAYOT SIKLI SHARTNOMALARI

Authors
  • Masharipov O‘rolbek Ozod o'g'li

    Tashkent State Transport University First-Year Undergraduate Student

    Author

  • Khodjaeva Nodiraxon Abdurashidovna

    Ilmiy rahbar: i.f.d (DSc), professor Toshkent Davlat transport universiteti

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur ilmiy maqolada davlat-xususiy sheriklikning asosiy huquqiy va amaliy shakllari – konsessiya, qo‘shma korxonalar, davlat mulkini ijaraga berish va hayot sikli shartnomalari tahlil qilinadi. Jahon amaliyotida davlat-xususiy sheriklik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va boshqarishning samarali mexanizmi sifatida keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekistonda 2019-yilda “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandan so‘ng sohada jadal rivojlanish kuzatilmoqda. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va hujjatlarni o‘rganish usullari qo‘llanilgan. Natijada har bir sheriklik shaklining o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va cheklovlari aniqlanib, O‘zbekiston qonunchiligi va amaliyoti bilan bog‘liq holda tahlil qilingan. Xususan, konsessiya – davlat mulkini boshqarish, qo‘shma korxonalar – kapital va risklarni taqsimlash, ijaraga berish – davlat resurslaridan samarali foydalanish, hayot sikli shartnomalari esa – loyihaning butun muddati davomida sifat va xarajat nazoratini ta’minlash imkoniyatlari sifatida baholangan. Maqolada ushbu shakllarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni. 2019-yil 10-may, O‘RQ-537-son.

2.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi Qonuni. 2021-yil 22-yanvar, O‘RQ-669-son.

3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-son qarori.

4.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 660-son qarori.

5.“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi (2023).

6.OECD. (2008). Public-Private Partnerships: In Pursuit of Risk Sharing and Value for Money.

7.World Bank. (2014). Public-Private Partnerships Reference Guide, V 2.0.

8.PPP Certification Guide. (n.d.). 1.1 Defining PPPs for the Purpose of This PPP Guide.

9.Britannica Encyclopedia. (2025). Public-private partnership (PPP).

10.Xasanova, X. (2025). KONSESSIYALAR BO‘YICHA SHARTNOMALARNI ISHLAB CHIQISH. “Наука и инновация”, 24–26.

11.Kozarovski, D. (2006). Public Private Partnerships - A Solution Worth Pursuing Despite Their Complexity. UNSW Law Journal, 29(3), 308.

12.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. (2025). DXSH loyihalari va investitsiyalar tahlili.

13.O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi. (2025). DXSH loyihalari va investitsiyalar tahlili.

Cover Image
Downloads
Published
2026-05-19
Section
Articles