G‘AZALDA BAYTLARARO SEMANTIK BOG‘LANISH VA KOMPOZITSION YAXLITLIK (Alisher Navoiy g‘azallari misolida)

Authors
  • Iminjanova Nurchexra Saydullo qizi

    Andijon davlat universiteti magistranti

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada mumtoz g‘azal poetikasida baytlarning semantik munosabati va ushbu munosabatning asar kompozitsion yaxlitligini yuzaga keltirishdagi o‘rni tadqiq etiladi. G‘azalning har bir bayti nisbiy semantik mustaqillikka ega bo‘lishiga qaramay, mukammal lirik matnda baytlar mavzu, motiv, obraz, poetik detal, leksik takror, radif, sabab-natija munosabati hamda lirik kechinmaning tadrijiy rivoji vositasida yagona badiiy tizimga birlashishi asoslanadi. Alisher Navoiyning “Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?»” hamda “Yordin ayru ko‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q” misralari bilan boshlanuvchi g‘azallari misolida baytlararo semantik zanjirning shakllanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida g‘azaldagi kompozitsion yaxlitlikning mavzuviy, mantiqiy-sababiy, obrazli-assotsiativ, leksik-semantik va formal-semantik qatlamlari ajratiladi. Baytlararo bog‘lanish g‘azalni alohida poetik birliklarning mexanik yig‘indisidan yaxlit lirik struktura darajasiga ko‘taruvchi asosiy poetik omillardan biri ekanligi xulosalanadi.

References

Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2011.

Is’hoqov Y. Navoiy poetikasi (“Xazoyin ul-maoniy” asosida). – Toshkent: Fan, 1983. – 165 b.

Jumaxo‘ja N. Satrlar silsilasidagi sehr. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996.

Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – Toshkent: Sharq, 1999. – 240

Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. 1-kitob. – Toshkent: Tamaddun, 2018. – 520 b.

Jumaxo‘ja N. Navoiyning musalsal g‘azallar yaratish mahorati // Alisher Navoiy va XXI asr. – 2024.

Eshonqulov H. Alisher Navoiy oshiqona g‘azallarining badiiy qurilishiga oid o‘ziga xosliklar // Oltin bitiglar – Golden Scripts. – 2021.

Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiy g‘azallarining semantik strukturasi va poetik xususiyatlari // Navoiyshunoslik. – Toshkent: Tamaddun, 2018.

Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya. – Toshkent: mumtoz adabiyot nashrlari.

Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz poetika masalalari. – Toshkent: Sharq, 1999.

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-02
Section
Articles