SHE’RNING MA’NOSI VA RUHINI QAYTA YARATISH: ALISHER NAVOIYNING «ARBA’IYN» ASARIDAGI SHE’RLARNING INSON VA SUN’IY INTELLEKT TOMONIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMASI

Authors
  • Nurmuhammad Amonov

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning «Arba’iyn» asaridagi hadislar mazmuni asosida yaratilgan uchta she’rning ingliz tiliga tarjimalari qiyosiy-adabiy va lingvostilistik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi inson tarjimasi va generativ sun’iy intellekt tarjimasini faqat mazmuniy aniqlik yoki grammatik to‘g‘rilik asosida emas, balki she’riy shakl, qofiya, ritm, hissiy ta’sir, badiiy ifoda va asl matn ruhini qayta yaratish imkoniyatlari nuqtayi nazaridan ham baholashdir. Tahlil materiali sifatida «Arba’iyn» kitobidagi uchta she’r, ularga asos bo‘lgan hadislar, Nurmuhammad Amonovning inglizcha tarjimalari va ChatGPT yaratgan tarjima variantlari tanlandi. Tadqiqot shuni ko‘rsatishga qaratilganki, she’rning mazmunini yetkazish bilan uning badiiy ta’sirini boshqa tilda qayta yaratish o‘zaro bog‘liq, biroq aynan bir xil vazifalar emas. ChatGPT tarjimalari mazmunni nisbatan ravon ifodalashga intilsa, inson tarjimasida she’riy kompozitsiya va poetik ifodani qayta yaratish maqsadi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababli tarjimalarni baholashda semantik muvofiqlik bilan bir qatorda estetik va poetik mezonlardan ham foydalanish zarurligi asoslanadi.

References

Alisher Navoiy. (2000) Arba’iyn. Fan. Toshkent.

Baker, M. (2018). In Other Words: A Coursebook on Translation (3rd ed.). Routledge.

Newmark, P. (1988). A Textbook of Translation. Prentice Hall.

Nida, E. A. (1964). Toward a Science of Translating. E. J. Brill.

Venuti, L. (1995). The Translator’s Invisibility: A History of Translation. Routledge.

OpenAI. ChatGPT yordamida yaratilgan inglizcha tarjima variantlari.

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-09
Section
Articles