ABS TIZIMINING TORMOZLANISH JARAYONIDAGI ISHLASHINI EKSPERIMENTAL TADQIQ QILISH

Authors
  • Akramjonov Asrorxo‘ja

    Transport vositalari muhandisligi, Farg‘ona davlat texnika universiteti, Farg‘ona, O‘zbekiston https://orcid.org/0009-0000-9438-310X

    Author

  • Yuldashov H.D.

    Talaba – Farg‘ona davlat texnika universiteti +998947745335

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada avtomobilning tormozlanish jarayonida g‘ildiraklar bloklanishiga qarshi tizim – ABS ning ishlashi va tormoz yo‘liga ta’siri tadqiq etilgan. NHTSA tomonidan chop etilgan poligon sinovlari quruq beton, nam asfalt va bo‘sh shag‘al sharoitlari bo‘yicha ikkilamchi miqdoriy tahlil qilingan. To‘qqiz avtomobilning quruq va nam qoplamalardagi, sakkiz avtomobilning shag‘aldagi natijalari ikki yuklanish holatida o‘rganilgan. Hisoblashlar 52 ta avtomobil–qoplama–yuklanish juftligini qamrab oladi. ABS faol holatida tormoz yo‘lining o‘rtacha nisbiy qisqarishi quruq betonda yengil va to‘liq yuklanish uchun 9,87% va 12,76%, nam asfaltda 11,38% va 17,19% bo‘lgan. Bo‘sh shag‘alda esa masofa mos ravishda 30,05% va 23,42% uzaygan. Natijalar konstruktiv chizmalar, har bir qoplama uchun alohida jadval va grafik orqali izohlangan. Aniqlangan farqlar sinov tezligi, taqqoslashdagi tormozlash usuli hamda shina–qoplama o‘zaro ta’siri doirasida talqin qilingan.

References

Tormozlash tizimi. IV bob [elektron o‘quv materiali]. TIIAME MTU elektron fondi. 29 b. URL: https://staff.tiiame.uz/storage/users/309/books/Qc0nrx7JdbN6VGJv20c3P3kYleBQqrOyxlTXUSZi.pdf (murojaat: 16.10.2026).

Bosch Mobility. Antilock braking system [texnik ma’lumot]. URL: https://www.bosch-mobility.com/en/solutions/braking-systems/antilock-braking-system/ (murojaat: 16.10.2026).

Forkenbrock G.J., Flick M., Garrott W.R. NHTSA Light Vehicle Antilock Brake System Research Program Task 4: A Test Track Study of Light Vehicle ABS Performance Over a Broad Range of Surfaces and Maneuvers. Final Report. DOT HS 808 875. NHTSA, 1999. A1–A2 jadvallar. URL: https://www.nhtsa.gov/sites/nhtsa.gov/files/nhtsaabst4finalrpt.pdf

Johnston S.A., Tijerina L., Garrott W.R., Guenther D.A., Heydinger G.J. Brake Testing Methodology Study –Driver Effects Testing. Draft Final Report. VRTC-87-0441. NHTSA, 1999. URL: https://www.nhtsa.gov/sites/nhtsa.gov/files/braketst.pdf

Köylü H., Tural E. Experimental study on braking and stability performance during low speed braking with ABS under critical road conditions // Engineering Science and Technology, an International Journal. 2021. Vol. 24, No. 5. P. 1224–1238. DOI: 10.1016/j.jestch.2021.02.001.

Köylü H., Tural E. Experimental investigation on effect of variations in tire pressure on control performance of ABS under µ-jump road conditions based on tire operating parameters // Transactions of the Institute of Measurement and Control. 2023. Vol. 45, No. 8. P. 1525–1538. DOI: 10.1177/01423312221141158.

Gérard M., Pasillas-Lépine W., de Vries E., Verhaegen M. Improvements to a five-phase ABS algorithm for experimental validation // Vehicle System Dynamics. 2012. Vol. 50, No. 10. P. 1585–1611. DOI: 10.1080/00423114.2012.693188.

Bosch Classic. Antilock braking system ABS [o‘quv plakati]. URL: https://www.bosch-classic.com/de/media/pdfs/downloads/lehrtafeln/en/abs_lehrtafel_bosch_en.pdf (murojaat: 16.10.2026).

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-20
Section
Articles