NUTQIDA BUZILISHLARI BO‘LGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Authors
  • Tulanova Zarnigor Murodiljon qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti Logopediya yo‘nalishi 3-kurs talabasi

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Ushbu maqolada nutqida buzilishlari bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanish xususiyatlari yoritiladi. Bolalarda nutqning shakllanishi, tovush va bo‘g‘inlarni talaffuz qilish, so‘zlardan hamda iboralardan foydalanish, kattalar nutqini tushunish va muloqotga kirishish kabi jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, nutqiy rivojlanishdagi individual farqlarni aniqlashda kuzatish metodining ahamiyati hamda logopedik mashg‘ulotlarda artikulyatsion va nafas mashqlari, tovushlarga taqlid qilish, rasm va predmetlardan foydalanish, ritmik mashqlar va didaktik o‘yinlarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolaning amaliy yo‘nalishi Andijon shahridagi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan, bolalar serebral falaji (DSP) tashxisiga ega 2–4 yoshli bolalarning nutqiy rivojlanish xususiyatlarini kuzatish bilan bog‘liq. Tadqiqot mavzusi bolalarning nutqiy imkoniyatlarini individual o‘rganish, ularning muloqot ehtiyojlarini hisobga olish va logopedik ishlarni tashkil etishda individual yondashuvning ahamiyatini asoslashga qaratilgan.

References

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida: 2025-yil 24-dekabrdagi 818-son qaror. — URL: https://lex.uz/uz/acts/-7942665 (murojaat sanasi: 27.10.2026).

Vygotsky L. S. Thought and Language / ed. A. Kozulin. — Cambridge, MA: MIT Press, 1986. — 351 p.

Luria A. R. Language and Cognition / ed. J. V. Wertsch. — Washington, D.C.: V. H. Winston, 1981. — 264 p.

Hustad K. C., Allison K. M., Sakash A., McFadd E., Broman A. T., Rathouz P. J. Longitudinal development of communication in children with cerebral palsy between 24 and 53 months: Predicting speech outcomes // Developmental Neurorehabilitation. — 2017. — Vol. 20, No. 6. — P. 323–330. — DOI: https://doi.org/10.1080/17518423.2016.1239135.

Pennington L. Cerebral palsy and communication // Paediatrics and Child Health. — 2008. — Vol. 18, No. 9. — P. 405–409. — DOI: https://doi.org/10.1016/j.paed.2008.05.013.

National Institute for Health and Care Excellence (NICE). Cerebral palsy in under 25s: assessment and management. — NICE guideline NG62. — 2017. — URL: https://www.nice.org.uk/guidance/ng62/chapter/Recommendations (murojaat sanasi: 27.10.2026).

Cover Image
Downloads
Published
2026-10-27
Section
Articles