ERTAKLAR OLAMIDAN LIDERLIK SARI: O‘QUVCHILARDA TASHABBUSKORLIK VA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISH

Authors
  • Ortiqova Zulfiya Nurmaxamatovna

    Farg‘ona davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi dotsenti (PhD)

    Author

  • Saidova Orzigul Asqarali qizi

    Farg‘ona davlat universiteti magistranti

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur tezisda ertak qahramonlari obrazlari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida liderlik, tashabbuskorlik va kreativlik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Ertaklar o‘quvchining nafaqat tasavvur va tafakkurini boyituvchi, balki uning mustaqil fikrlashi, qaror qabul qilishi, muammoli vaziyatlardan chiqish yo‘llarini izlash hamda o‘z fikrini erkin ifodalashiga yordam beruvchi samarali tarbiyaviy vosita sifatida qaraladi. Ertak qahramonlarining jasorati, qat’iyati, topqirligi, tashabbuskorligi va maqsad sari intilishi o‘quvchilar uchun ijobiy namuna vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida ertaklardan ijodiy topshiriqlar, rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar, savol-javoblar va guruhli faoliyatlar asosida foydalanish o‘quvchilarning liderlik qobiliyatlarini namoyon etishiga imkon yaratadi. Shu bilan birga, bunday yondashuv o‘quvchilarda kreativ fikrlash, yangicha g‘oya ilgari surish va tashabbus ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

References

Ortiqova Z., Tojiyeva D. Ertak qahramonlari obrazlari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy va kreativ fikrlash sifatlarini shakllantirish // Maktabgacha va maktab ta’limi. – 2025. – 3-jild, 11-son. – DOI: 10.5281/zenodo.17640978. URL: https://doi.org/10.5281/zenodo.17640978

Ravshanova R.R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ fikrlashini o‘stirishda ertak va hikoyalarning o‘rni // Modern Science and Research. – 2025. – B. 851–854. – DOI: 10.5281/zenodo.14953489. URL: https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70051

Abduraxmonova O‘.Sh. O‘qish savodxonligi darsida boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini shakllantirish // Innovatsion tadqiqotlar: nazariya va amaliyot. – 2025. – B. 48–50. – DOI: 10.5281/zenodo.15362242. URL: https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/86175

Kuchkova N., Aslonova O.P. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rag‘batlantirishning ahamiyati // Modern Science and Research. – 2024. – 1-jild, 9-son. – B. 769–773. – DOI: 10.71337/inlibrary.uz.science-research.47885. URL: https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48055

Yusupova D. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiiy fanlarni o‘qitishda kreativlikni rivojlantirishning nazariy asoslari // Science Shine: International Scientific Journal. – 2024. URL: https://science-shine.uz/index.php/ilmnuri/article/view/655

Cover Image
Downloads
Published
2026-11-10
Section
Articles