ÖQUVÇILARNING INDIVIDUAL IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA DIFFERENSIAL YONDAŞUVNING MUSIQIY-PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Authors
  • Saidkarimov Saidazim Saidikrom oğli

    Namangan davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi va san’ati mutaxassisligi M.MTS -25 guruh 2-kurs magistri

    Author

Keywords:
Array
Abstract

: Mazkur maqolada öquvçilarning individual ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda differensial yondaşuvning musiqiy-pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tahlil qilinadi. Musiqa ta’limi jarayonida öquvçilarning individual psixologik xususiyatlari, musiqiy qobiliyat darajasi, ijodiy tafakkuri, musiqiy idroki, ritmni his etishi, eshitish xotirasi, ijroçilik imkoniyatlari hamda san’atga bölgan qiziqishlarini hisobga olishning pedagogik ahamiyati asoslab beriladi. Şuningdek, differensial yondaşuvning mazmun-mohiyati, uning ta’lim jarayonini öquvçilarning individual ehtiyojlari va imkoniyatlariga muvofiq tashkil etishdagi örni hamda ijodiy salohiyatni yuzaga chiqarishga ta’sir etuvchi omillar yoritiladi. Maqolada musiqa mashğulotlarida differensial topshiriqlar, individual va guruhli faoliyat shakllari, musiqiy-ijodiy mashqlar, mustaqil ijodiy izlanishlar, musiqiy asarlarni tahlil qilish, kuy yaratish, improvizatsiya va ijrochilik faoliyatidan samarali foydalanish imkoniyatlari körib chiqiladi. Öquvchilarning qobiliyatlari va tayyorgarlik darajasiga mos pedagogik metodlarni tanlash orqali ularning musiqiy tafakkuri, tasavvuri, ijodiy mustaqilligi, estetik didi va öziga xos ijodiy yondaşuvini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, öqituvchining diagnostik, tashkilotchilik, yö'naltiruvchilik va rağbatlantiruvchilik faoliyatining differensial ta’lim samaradorligini ta’minlashdagi örni ochib beriladi. Tadqiqot doirasida differensial yondaşuvni musiqa ta’limiga tatbiq etishning pedagogik shart-sharoitlari, metodik imkoniyatlari va kutiladigan ta’limiy natijalari tahlil qilinadi. Öquvchilarning individual ijodiy qobiliyatlarini aniqlash, ularni izchil rivojlantirish, ijodiy faolligini rağbatlantirish va musiqiy ta’lim jarayonida shaxsga yö'naltirilgan pedagogik muhitni shakllantirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqish masalalari asosiy yö'nalish sifatida belgilanadi. Maqolaning ilmiy-amaliy ahamiyati musiqa öqituvchilariga öquvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim mazmuni, topshiriqlar va pedagogik ta’sir usullarini maqsadli tanlash hamda ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik yondaşuvlarni takomillashtirishga yö'naltirilganligi bilan belgilanadi

References

1.Davletov M. Musiqa fanlarida differensial yondaşuvni amalga oşirişning metodik asoslari. — Бюллетень педагогов Нового Узбекистана, 2025, 3-jild, 4-son, 42–46-betlar.

2.Islimova M. Z. Musiqiy ta’limda differensial yondaşuvning metodik imkoniyatlari. — Science and Education, 2025, 6-jild, 11-son, 689–696-betlar.

3.Islimova M. Z. Musiqiy ta’limning şekli va vositalari va musiqiy ta’limdagi tabaqalashtirilgan yondaşuvlar. — Science and Education, 2025, 6-jild, 11-son, 734–739-betlar

4.Soipova D. Musiqa öqitiş nazariyasi va metodikasi: öquv qo‘llanma. — Toshkent, 2009.

5.Sharipova G., Xodjayeva Z. Musiqa öqitiş metodikasi: darslik. — Toshkent: NIF MSH, 2020.

6.Tomlinson C. A. How to Differentiate Instruction in Academically Diverse Classrooms. — Alexandria: ASCD, 2014.

7.Colwell R., Webster P. New Handbook of Research on Music Teaching and Learning. — New York: Oxford University Press, 2002.

Cover Image
Downloads
Published
2026-11-22
Section
Articles