YAPON TILIDA NUTQ USLUBLARINING GRAMMATIK VA IJTIMOIY-MADANIY TAHLILI

Authors
  • Shamsitdinova Moxinabonu Akar qizi

    Samarqand davlat chet tillar instituti, Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili yo‘nalishi talabasi

    Author

Abstract

Yapon tili ijtimoiy iyerarxiya va muloqot kontekstiga o‘ta sezgir tildir. Bu tilda muloqot qilish uchun faqat so'z boyligi va grammatikani bilish kifoya qilmaydi, balki so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi ijtimoiy masofani (Psixologik masofa) to‘g’ri baholash talab etiladi. Yapon tilida ushbu tizim "Keigo" (Hurmat uslubi) deb ataladi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, global muloqot va biznes aloqalari rivojlanayotgan bir davrda, yapon tilidagi rasmiy va norasmiy uslublarning farqini bilmaslik jiddiy diplomatik yoki biznes xatolariga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada biz fe’l tizimi, sifatlar va olmoshlarning uslubiy o‘zgarishlarini tahlil qilamiz. Yapon tili grammatikasining rasmiy va norasmiy qatlamlari shunchaki til qoidalari emas, balki yapon xalqining ijtimoiy falsafasini aks ettiruvchi murakkab tizimdir.

References

1.Minna no Nihongo – Boshlang’ich va o‘rta daraja darsliklari.

2.Genki: An Integrated Course in Elementary Japanese.

3.A Dictionary of Basic Japanese Grammar - Seiichi Makino & Michio Tsutsui.

4.Shibatani M., Miyagawa S., Noda H. The Handbook of Japanese Linguistics. Oxford: Blackwell.

Cover Image
Downloads
Published
2026-05-13
Section
Articles