O‘ZBEKISTONDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR VA ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI TAHLILI
- Authors
-
-
Boirov Jamshidjon Ikromjon o‘g‘li
Mustaqil izlanuvchi
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning shakllanishi, takomillashuvi va bosqichma-bosqich transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda sog‘liqni saqlash tizimining konstitutsiyaviy asoslari, bazaviy tarmoq qonunlari, maxsus yo‘nalishlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda 2018–2025 yillarda qabul qilingan tizimni isloh qilishga qaratilgan hujjatlarining mazmuni ochib beriladi. Muallif sog‘liqni saqlash tizimi rivojida umumiy huquqiy poydevor yaratish, ixtisoslashgan huquqiy tartibga o‘tish, boshqaruvni modernizatsiya qilish, sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni kuchaytirish, davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish va birlamchi bo‘g‘inni qayta tashkil etish bosqichlarga ajratadi. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini normativ-huquqiy tartibga solishning rivojlanishi “davlat kafolati — institutsional boshqaruv — moliyalashtirishning yangi modeli — xizmatlar sifati va ochiqligi” shaklida rivojlanayotgani asoslab beriladi.
- References
-
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel.
2.O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonuni.
3.O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni..
4.O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-son “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonuni.
5.O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-353-son “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni.
6.O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11-maydagi 216-II-son “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni.
7.O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 403-II-son “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi qonuni.
8.O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi O‘RQ-528-sonli “Fuqarolarning reproduktiv salomatligi to‘g‘risida”gi qonuni.
9.O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-maydagi O‘RQ-690-sonli “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonuni.
10.O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-maydagi O‘RQ-768-sonli “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonuni.
11.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabr, PF-5590-son “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
12.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabr, PQ-4055-son “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
13.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyul, PQ-4790-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
14.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabr, PQ-311-son “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini takomillashtirish va sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning yangi tartiblarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori.
15.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-may, PQ-185-son “Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
16.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-iyundagi 384-son “Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning yangi modelini amalga oshirish doirasidagi tajriba-sinov loyihasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
- Downloads
- Published
- 2026-05-23
- Section
- Articles